Töy-haşamlarni ixçamlaştiriş borasida avvalo mansabdorlar boşqalarga örnak körsatişi lozim. Bir neça kun oldin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan yangragan uşbu fikrni bugun ayni masala bilan şuğullanuvçi respublika komissiyasining raisi Iqbol Mirzo ham bildirib ötdi.
«Qaror ijrosini, eng avvalo, özimizdan boşlaşimiz kerak. Biz ham töylar arafasida turibmiz. Hamma qarab turibdi: özlari nima qilarkin? Atrofimizdagi tanişlar, qarindoşlarga töylarni ixçam ötkaziş böyiça ma'lumot bersak, yaxşi bölardi.
Ötgan yili bu harakatni qöllab-quvvatlab, qarsakbozlik qilganlar dabadabali töylarni boşida turganligini kördik», – dedi Iqbol Mirzo töy-haşamlarni tartibga soliş uçun yangi taşkil etilgan komissiyaning ilk yiğilişida.
Yiğilişda bildirilgan takliflarga köra, mahalladagi obroʻ-eʼtiborli insonlarning töyini namuna qilib ötkaziş kerak. Agar bir neça odamlarning töyi ixçam va kamtarona tarzda ötsa, közlangan natijaga erişiş mumkin.
Ta'kidlanişiça, qarorga birinçi bölib rahbar va amaldorlar rioya qilişi zarur. Öşanda odamlar ularga ergaşadi.

Anjumanda komissiya a'zolari tomonidan «Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qöşma qaror mazmun-mohiyatini qanday qilib xalqqa tuşuntiriş, tarğibotini amalga oşiriş va mavzu atrofida aylanayotgan savollar yuzasidan şu va boşqa qator mulohazalar bildirildi.
Iqbol Mirzo: «Töylarimiz mamlakatni uruşsiz vayron qiladigan ahvolga kelib qoldi»









