20 sentabr kuni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Qudbiyev iştirok etdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Şu kungaça Muzrabot tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan Bahrom Boboxonoviç Tursunov Uzun tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot örnida, Bahrom Tursunov 1981 yilning 12 noyabrida Qumqörğon tumanida tuğilgan. 2003 yilda Özbekiston Respublikasi Içki işlar akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati içki işlar boşqarmasi tizimida turli lavozimlarda işlagan.
Bundan oldin, Şörçi, Sariosiyo, Boysun va Qumqörğon tumanlarida yangi hokimlar iş boşlagani xabar berilgandi.
Şuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga yangi örinbosarlar tayinlandi.








