Xalq deputatlari Uzun tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Sessiyada şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Bahrom Boboxonoviç Tursunov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Habibulla Bozorov tasdiqlandi.

Habibulla Bozorov

Habibulla Şerdanaquloviç Bozorov 1980 yil 3 aprelda Angor tumanida tuğilgan. 2003 yil Içki işlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi huquqşunos.

X.Bozorov 2003-2022 yillarda Içki işlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Toşkent şahar IIBB Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliğining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.

  • Tumanning sobiq hokimi Bahrom Tursunov ham içki işlar organidan çiqqandi. Muqaddam Muzrabot tumani IIB boşliği bölgan Tursunov 2019 yil sentabrida Uzun tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

Xalq deputatlari Denov tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Sessiyada şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Abdumalik Abduqodiroviç Allamuradov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Ilhom Abrorov tasdiqlandi.

Ilhom Abrorov

Ilhom Ibrohimoviç Abrorov 1971 yil 3 iyulda Denov tumanida tuğilgan. 1995 yil Tojikiston davlat universiteti, 2008 yil Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilişi.

I.Abrorov 1997-2020 yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.