Saudiya Arabistonining taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr Ar-Riyod Saudi Aramco kompaniyasi neft obektlariga hujumlarda ayblangan Erondan özini himoyalaş uçun barça çorani körişga tayyorligini va harbiy ssenariy “oxirgi çora” hisoblanişini aytdi. 

“Biz davlatimni himoyalaş va unga hamda xalqimiga zarar yetkazilmasligini kafolatlaşga mas'ulmiz. Zararni bartaraf etiş uçun talab qilingan barça çorani köramiz. Uruşga tayyorgarlikmi? Uruş – bu har doim oxirgi variantdir”, deb aytgan vazir.

Al-Jubayrning fikriça, Eron “40 yildan beri özini tajovuzkor tutib keladi”. “Ular “Hizbulloh” yordamida Livanni vayron qilişdi, Suriyani vayron qilişga qurollangan otryadlar jönatişdi, ularda Iroq, Yamanda qurollangan otryadlar bor va ularga ballistik raketa va dronlar berişgan”, deb aytgan al-Jubayr. 

21 sentyabrda podşohlik taşqi işlar vaziri neft obektlariga hujumlar Yamandan emas, Erondan olib borilganini aytgan, biroq buning isbotini keltirmagan. Şundan keyin Eron taşqi işlar vazirligi vakili Abbos Musaviy Tehronga bildirilgan bu ayblovni navbatdagi marta rad etgan.