Özbekiston sobiq boş prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoiy iş oçilgan. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi çiqişida ma'lum qildi.
Prezident 20 iyun kuni işdan olingan sobiq boş prokurorni poraxörlikda ayblagan.
«Bunaqa ketişda bölsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, köproq vakolatni Adliya tizimiga beraman.
Niğmatulla Yöldoşev olti oydan keyin kelib, nimani özgartirganini aytişini, tizimni tozalaşini, yaxşi takliflar berişini kutaman», deya Prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, 20 iyun kuni Otabek Murodov lavozimidan ozod etilib, uning örniga Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev boş prokuror etib tayinlangandi.
Qayd etiş kerakki, bu sönggi 4 yil davomida törtinçi marta Özbekiston boş prokurori özgarişi böldi. 2000 yil fevralidan Özbekiston boş prokurori bölgan Raşid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning örnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Abdullayev 2018 yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagaç, uning örnida Otabek Murodov iş boşlagandi. Ayni vaqtda ikki sobiq boş prokuror - Raşid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga qarşi jinoiy iş oçilgan va ularning ikkisi ham tergovda.

















