Arterial bosimni ölçaş qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar bilan iş yanada osonlaşadi. Ammo nimadir xato bajarilsa, natija ham şunga yaraşa böladi. Şu oddiy jarayonni pala-partiş qilmaslikka oid tavsiyalar bilan taniştiramiz.

Qanday asbob tanlaş kerak?

Mustaqil foydalaniş uçun avtomatik tonometr (qon bosimini ölçaş asbobi) köproq mos keladi, çunki yolğiz holatda stetoskop bilan urinişlar noqulay va natija notöğri bölişi mumkin.
Ba'zi turdagi avtomatik tonometrlar ham doimo aniq natijani körsatmaydi.

Nomunosib rostlangan manjyet razmeri ham ölçov natijasiga öz ta'sirini körsatişini inobatga oling. Şuning uçun ham xarid qiliş jarayonida qölning tonometr qamrab oluvçi aylanasini ölçab köring. 

Asbob natijani körsatiş vaqtida çalkaşmasligi uçun tonometrni dorixonalar yoki maxsus tibbiy uskunalar uçun möljallangan dökonlardan sotib oling va mablağdan tejab qoliş haqida öylamang. Işlatişdan oldin yöriqnoma bilan tanişib çiqing (hatto uşbu maqolani öqigandan keyin ham) va batareyalarni vaqtida almaştirib turing.

Bosimni qanday ölçaymiz?

Şoşilmang. Tinç vaziyatda 5 daqiqa ötiring, kuçli yuklamalardan söng darhol tonometrni işlatiş yaramaydi. Ölçab körişdan avvalgi yarim soat davomida çekmang va kofe içmang.

Orqangiz tekis holatda bölişini ta'minlaş uçun stulga ötiring. Oyoqlarni çaliştirmang. Ular yer yuzasiga tizzalar yuqoriga kötarilmaydigan holatda qöyilişi kerak. 

Manjyetni qölga muammosiz kiygiziş uçun yengni qayiriş yoki yaxşisi uzun yengli kiyimni yeçib qöyiş kerak. 

Ölçanayotgan qöl şunday qöyilişi kerakki, tonometr manjyeti taxminan yurak bilan bir çiziqda bölsin. Ba'zida bu holatni bajariş uçun qöl ostiga yostiqça qöyiş zarur böladi.

Manjyetni töğri taqing. Uning quyi qismi tirsak bukiladigan joydan 2-2,5 sm yuqorida bölsin.

Manjyetni uning ostida 1 yoki 2 barmoq siğişi mumkin bölgan darajada torting. Tonometrning sezuvçi elementlari pulsni aniqlaşi uçun uning nayçasi tirsakning içki qismidan çiqişi kerak.

Barça nayçalar tekis, öralmagan bölişi  va halqa holatida emasligiga işonç hosil qiling. Bu qiyin emas, şu körinişda ötiriş kifoya: