Premer-ligada 6-turning sönggi uçraşuvlari bölib ötmoqda.
Bu turda «Mançester Yunayted» «Vest Hem» mehmoni bölib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlardan har ikkala bölim oxirida Yarmolenko va Kressuell öz hisoblariga bittadan gol yozib qöydi.
Natijada yangi mavsumning ilk olti turida 2tadan ğalaba, durang va mağlubiyat qayd etgan mankunianliklar 7-öringa tuşib qoldi.
Qolaversa, «Yunayted»ning safar öyinlaridagi ğalabasiz seriyasi 9ta öyinga yetdi. Ole-Gunnar Sulşer jamoasi bu öyinlardan 6tasida mağlub bölgan.
«Qizil iblislar» oxirgi marta raqib maydonida mart oyida ğalaba qozongan, öşanda YeÇLning «PSJ»ga qarşi bahsida kambek qilingan edi – 3:1.
Bundan taşqari, «MYu» safardagi qatorasiga 11ta öyindan buyon darvozasini daxlsiz saqlab qola olmayapti. Bu – klubning oxirgi 17 yillik tarixidagi eng yomon natija.
APL, 6-tur
Vest Hem – Mançester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 44 Yarmolenko, 2:0 – 84 Kressuell.
Vest Hem – Fabianski, Frederiks (Sabaleta, 80), Ogbonna, Kressuell, Diop, Fornals, Nobl, Felipe Anderson (Uilşer, 70), Rays, Yarmolenko (Snodgrass, 89), Aller.
Mançester Yunayted – De Xea, Yang, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, Matiç (Fred, 71), Pereyra, Jyeyms, Mata (Gomes, 81), Maktomini, Reşford (Lingard, 61).
Ogohlantirişlar: Ogbonna (14), Mata (48), Nobl (74), Yang (83).
Kristal Pelas – Vulverhempton 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 46, avtogol Dendonker, 1:1 – 90+5 Diogu Jota.
Kristal Pelas – Guaita, Sako, Uord, van Anxolt, Keyxill, Makartur (Makkarti, 83), Şlupp, Milivoyeviç, Kuyate, Zaa, Ayyu (Benteke, 69).












