Toşkent viloyatining Bekobod şahrida yaşovçi Jörayevlar xonadonida, bir yöla 4 nafar egizak farzand dunyoga keldi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, ötgan yili turmuş qurgan Şoira Jörayeva Bekobod şahridagi farmatsevtika zavodida kiçik xodim, Bekzod Jörayev esa Özbekiston metallurgiya kombinatida injyener. 

— Quvonçimni, hayajonimni heç qanday söz bilan izohlay olmayman, — deydi baxtiyor ona Şoira Jörayeva. — Dastavval 4 nafar egizak kutayotganimni eşitganimda ham xursand böldim, ham qörqdim. Şifokorlardan minnatdorman. Men bilan yelkama-yelka turib, yaqin jigarlaridek ğamxörlik körsatişdi. Farzandlarim eson-omon tuğilişida yordam berişdi.

— Şoira Jörayeva homiladorlikning boşlanişidan turar joyidagi tibbiyot muassasasida nazoratga olingan, — deydi markazning homiladorlar patologiyasi bölimi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi  Dilfuza Hayitova. — Unda erta tuğruq xavfi bölgani uçun avgust oyining oxirida Bekobod şahridan markazga ötkazildi. To tuğruqqaça unga zamonaviy perenatal texnologiyalar böyiça barça yordam körsatildi. Şifokorlarning tajribasi sabab  erta tuğruqning oldi olinib, tuğruqni 34 haftaga olib borişga erişildi. Bolalarni soğ-salomat ona qöliga topşiriş çora-tadbirlarini belgilaş maqsadida odatdagidek markaz direktori, örinbosari hamda barça mutaxassislar iştirokida tuğruq rejasi tuzildi. Tuğruq jarayoni uçun barça zamonaviy  apparatlar şay holatga keltirilib, 21 sentabr kuni ayol jarrohlik amaliyotiga rejali ravişda olindi. 

Tibbiyot tarixida kamdan-kam kuzatiladigan köp homilali operatsiyalarning asoratli ehtimoli juda kuçli böladi. Ya'ni, bu jarayonda baçadondan qon ketib, ayolning ahvoli oğirlaşişi mumkin. Şu bois barça zaruriy tayyorgarliklar körildi. Har bir bolaga töliq tibbiy yordam körsatiş uçun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi.

Şu tariqa akuşer-ginekolog, neanotolog, reanimatolog, anesteziolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan ön kişidan iborat malakali guruh operatsiyada iştirok etdi. Tuğruqning asoratsiz ötişi uçun jarrohlik amaliyoti sönggi perinatal texnologiyalar böyiça olib borildi. Salkam bir soat davom etgan jarayonda barça xodimlar birdek jonbozlik körsatdi. Operatsiya muvaffaqiyatli keçdi. Hozirda çaqaloqlarning uç nafari intensiv bolalar bölimida. Bir nafarining ahvoli e'tibortalab bölgani uçun çaqaloqlar reanimatsiyasi bölimida kuzatuv va intensiv davolaş jarayonida.