O‘zbekiston | 15:21 / 23.09.2019
33005
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda ilk bora organik paxta yetishtirish samarali kechdi

Ma'lumki, davlatimiz rahbari boshchiligida hukumat tomonidan eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda “TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” MChJ HK Chinoz klasteri tomonidan O‘zbekiston Respublikasida birinchi marotaba organik paxta yetishtirildi.

Ushbu organik paxta ekologik toza mahsulot bo‘lganligi sababli, ushbu mahsulotni jahon va Yevropa bozoriga eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi.

“TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” MChJ HK tomonidan yetishtirilgan ushbu mahsulotning sifat darajasini aniqlash maqsadida Bolgariyadan tashrif buyurgan “CONTROL UNION” tashkiloti inspektor-auditori Yekaterina Tomeva mahsulotga yuqori baho berib, ushbu mahsulotdan nafaqat oliy navli tola, balki chigitidan ekologik toza paxta yog‘i olinishi mumkinligini qayd etdi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot jahon va Yevropa bozorida raqobatbardosh bo‘lib, sifat bo‘yicha bozordagi narxi bir yarim barobar qo‘shimcha qiymatga ega.

Shu bilan birga, Yekaterina Tomeva yurtimizda yetishtirilgan organik paxta jahon va Yevropa bozoriga chiqishi uchun sertifikat olishiga ishonchi komil ekanligini ta'kidladi va o‘zi bilan birga paxta namunasidan olib ketdi. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid