Tehron AQShning Eron neft tarmog‘iga yo‘naltirilgan sanksiyalaridan 50 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotdi. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk ma'lum qildi.
“Neft sanksiyalarining o‘zi tuzumni 50 mlrd dollardan mahrum qildi”, deb aytgan Xuk Asia Society notijorat tashkilotining Nyu-Yorkdagi tadbirida.
Uning ta'kidlashicha, “Eronning “Hizbulloh” kabi qo‘g‘irchoqlari” moliyalashtirish yetishmayotganidan arz qilmoqda.
Xuk boshqa davlatlarni ham Eronga bosim o‘tkazishga chaqirgan.
AQSh 2018 yil mayda bir tomonlama ravishda Eron bilan yadro kelishuvidan chiqqan va unga qarshi sanksiyalarni, jumladan neft eksportiga embargoni tiklagan.







