AQŞda elektron sigaret çekişdan töqqizinçi ölim holati qayd etildi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

"Bugun öpka kasalligi oqibatida Kanzasning ikkinçi fuqarosi vafot etganini qayğu bilan ma'lum qilaman", - deyiladi gubernator Lora Kellining bayonotida.  

Avvalroq AQŞ kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi elektron sigaret çekuvçilar orasida öpka va nafas oliş yöllari kasalliklari köpayib borayotganini ma'lum qilgandi. Aytilişiça, butun mamlakat böylab 500dan ortiq ana şunday holat örganilmoqda.

Şuningdek, yana yetti kişi elektron sigaret çekiş bilan boğliq simptomlar bilan Kanzasdagi kasalxonaga yotqizilgan.