Ispaniya Oliy sudi diktator Fransisko Frankoning qabrini boşqa joyga köçiriş lozim, degan qarorga keldi. Bunga u dafn etilgan joy yuzasidan uzoq vaqt davom etgan bahs-munozaralar sabab böldi.

Franko 1930-yillardagi fuqarolar uruşidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan va Ispaniyani 1975 yilgaça boşqargan.

BBC xabariga köra, mamlakatning amaldagi boş vaziri Pedro Sançes Twitter sahifasida sudning eksgumatsiyaga ruxsat beriş qarorini «demokratiyaning ulkan ğalabasi» deb atagan.

Sançesning örinbosari Karmen Kalvo esa qabr «iloji boriça tezroq» köçirib ötkazilişini ma'lum qildi. Unga köra, mazkur masala yuzasidan işlarni 10 noyabr kuni bölib ötadigan parlament sayloviga qadar tugallaş rejalaştirilgan.

Sotsialistlar hukumati jasadni eksgumatsiya qiliş taklifini avgust oyida ma'qullagan edi. Frankoning qarindoşlari bunga qarşi apellyatsiya bergan, ammo Oliy sud ularning da'vosini qanoatlantirmagan.

Diktatorning qabri fuqarolar uruşida halok bölgan 10 minglab kişilar dafn etilgan «Uruş qurbonlari vodiysi» nomli ulkan qabristonda joylaşgan. Madrid yaqinidagi bu mozorni köpçilik faşizmning ğalabasiga atalgan yodgorlik, deb hisoblaydi va u ultra öng qaraşga ega kişilar uçun öziga xos «ziyoratgoh»ga aylangan.

«Frankoning qöşinlari tomonidan öldirilgan odamlarning Franko yotgan joyga kömilişi – absurd. Ba'zilar uni hamon Ispaniyaning xaloskori sifatida uluğlaşda davom etişyapti», – deya bobosi 1936 yili boşlangan fuqarolar uruşida halok bölgan Silviya Navarroning sözlarini keltirdi BBC.

Umuman, qabr köçirilişi tarafdorlarining aksariyatini Franko rejimi qurbonlarining avlodlari taşkil etadi.

Rejaga köra, Fransisko Frankoning jasadi Madrid şimolidagi El Pardo mozoriga, marhumning rafiqasi qabri yoniga köçiriladi. Ispaniyaning boşqa köplab siyosatçilari ham ayni şu qabristonga dafn etilgan.

Franko diktaturasi