Vaşington Kiyev AQŞning sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenning öğli harakatlarini tergov qilişdan boş torsa, Ukrainaga moliyaviy yordam berişni töxtatiş bilan tahdid qilmagan. AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlar savoliga javoban şunday bayonot berdi.
“Men söramaganman. Men “şu işni qilişingiz kerak, yöqsa yordam bermayman”, deb aytmaganman. Men bunday qilmasdim ham”, deb aytgan Tramp.
Avvalroq Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati vaqtida unga bosim ötkazgani haqida xabar qilingandi.
Bundan taşqari, Tramp Oq uy Zelenskiy bilan suhbatining stennogrammasini e'lon qilişi mumkinligini aytgan. “Siz suhbat nima haqida bölganini körganingizda va siz uni körasiz deb umid qilaman, men bunday qilmaganimga iqror bölasiz. Siz bunga iqror bölgaç, puşaymon qilasiz”, deb aytgan AQŞ prezidenti.
Uning ta'kidlaşiça, u Zelenskiy bilan suhbati matnini e'lon qilişni heç qanday muammosiz buyurişi mumkin, biroq yomon örnak bölmaslik uçun buni qilişni istamaydi. “Buni osongina qilişim mumkin. Biroq xorijiy yetakçilar bilan boşqa suhbatlarimni hisobga olib, buni qilişni istamasdim. Buni qönğiroq men tomondan ham, u tomondan ham [Zelenskiy] beziyon bölgani uçun qila olaman. Biroq boşqa davlatlar yetakçilari bilan suhbatlar mazmunini oçiqlaşni yaxşi örnak böladi, deb hisoblamayman”, deb qöşimça qilgan Tramp.
AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, Kiyev ham Zelenskiyga bosim bölmaganini aytgan.
Avvalroq Tramp qönğiroq vaqtida Ukrainadagi korrupsiya haqida suhbatlaşgani va bu mazmunda Baydenni eslab ötganini ma'lum qilgan.
Trampning 2020 yilgi prezident saylovlari böyiça raqibi bölgan Jo Bayden Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e'lon qilişni talab qilgandi. Biroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Tramp va Zelenskiyning suhbati maxfiy xarakterga ega ekanligini va şu sababli uning matni e'lon qilinmasligini ma'lum qilgan.












