Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan, ta'lim, innovatsion tadqiqotlar haqida turli soha olimlari bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz ÖzFA Zoologiya instituti direktori Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Xolmatov böldi.

Suhbat davomida respublikamiz faunasi örganiş borasida amalga oşirilayotgan işlar, turli zararkunanda haşarotlar, jumladan, termitlar va zararlariga qarşi kuraşiş borasida qilinayotgan tadqiqotlar va ularning ahamiyati haqida ma'lumot olişingiz mumkin.

— Zoologiya instituti bugungi ilmiy faoliyati, ilmiy izlanişlar haqida sözlab bersangiz?

— Zoologiya instituti Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3256-sonli qarori bilan taşkil etildi.

Institut ilmiy faoliyati quyidagi yönalişlarni qamrab oladi:

  • respublika faunasini kompleks tarzda örganiş, hayvonot dunyosi obektlarining zamonaviy holatini baholaş va ulardan oqilona foydalaniş böyiça ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqiş;
  • respublika faunasining milliy axborot-tahliliy ma'lumotlar bazasini işlab çiqiş va yuritiş, yovvoyi hayvonlarning kamyob va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan turlari böyiça davlat kadastri, Özbekiston Respublikasi Qizil kitobi va hayvonot dunyosi monitoringini yuritiş;
  • zararkunandalar, parazitlar va boşqa biozararkunandalar sonini nazorat qilişning innovatsion texnologiyalarini işlab çiqiş.

Zoologiya instituti joriy yilning ötgan töqqiz oyi mobaynida sezilarli natijalarga erişdi. Xususan, Toşkent viloyati umurtqali hayvonlari faunasi monitoringini ötkaziş uçun 18ta muhim xudud aniqlandi, ekotizimlarning original xaritasi yaratildi. Quruqlik umurtqali hayvonlari faunasi böyiça elektron ma'lumotlar bazasi va bibliografik röyxati tuzildi.

Samarqand viloyatining qator tumanlarida vizual tekşiruv va aholidan anketa –sörovnoma tarzida olingan ma'lumotlar asosida 14 tur umurtqali kamyob va yöqolib borayotgan hayvon turlari xaqida ma'lumotlar yiğildi va ma'lumotlar bazasiga (sudralib yuruvçilardan 2 tur, quşlardan 10 tur, sut emizuvçilardan 2 tur) kiritildi.

Tungi faol hayot keçirişga ixtisoslaşgan yapaloq quşlarning şimoli-şarqiy rayonlarda tarqalişi, soni, uyalaşda iştirok etayotgan quşlar miqdori aniqlandi. Ilk bor quloqdor yapaloqquş uyalaş joylari topildi. Yapaloqquşlarning kemiruvçilar bilan oziqlanib, qişloq xöjaligida ahamiyatli ekani oçib berildi.