Bugungi kunda Özbekiston böylab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joylarda zararli termitlarga qarşi kuraşiş va zararini kamaytiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, 2017 yilning 14-21 iyul kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida mutasaddi xizmatlar hamkorligida aholi xonadonlarining termit bilan zararlanganlik holatini örganiş, zararlangan xonadonlarga zaharli yem-xöraklar örnatiş, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy me'ros obektlarida termit tarqalişining oldini oliş hamda zararini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Uşbu tadbirlar mobaynida 589 ta aholi xonadonlari va 58 ta iqtisodiy-ijtimoiy, 11 ta madaniy va tarixiy obektlarda kimyoviy işlov beriş işlari olib borilib, 1257 ta zaharli yem-xöraklar örnatildi, 11 430 m2 termit tarqalgan dala va maydonlarda zararsizlantiriş işlari amalga oşirildi.

















