Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida Xitoyning Lioaning Lide kompaniyasi bilan birga şamol elektr stansiyasi quriladi. 22 sentyabrda şamol kuçini ölçaşga möljallangan maçta örnatildi. 

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd dollarni, elektr stansiyaning işlab çiqariş quvvati 1,5 ming MVtni taşkil qiladi. Buning uçun 6 ming gektar yer ajratilgan. Loyiha 3 bosqiçda amalga oşiriladi. 1-bosqiçda 200 MVtli elektr stansiyasi quriş uçun 240 mln dollar jalb qiliş rejalaştirilgan.  

Şamol tezligini ölçovçi maçtalarning balandligi 120 metrni taşkil qiladi. Örganişlar nihoyasiga yetişi bilan ana şu balandlikda loyihaning 1-bosqiçida har qaysisiga 35 metr ölçamdagi uçtadan yirik parrak örnatilgan bir neça önlab maçta-qurilmalar quriladi. 

Şamol elektr stansiyasining loyiha qiymati 240 million AQŞ dollariga teng dastlabki navbati 2020 yilning kuzida işga tuşirilişi közda tutilmoqda. U nafaqat Ğijduvon, balki boşqa tumanlarni ham elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.