18 sentabr kuni Özbekistondagi ilk xususiy bandlik agentliklaridan biri – “Human XBA” litsenziyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 10 kun muddatga töxtatilgani haqida xabar qilindi. Oradan ikki kun ötgaç, 20 sentyabrda Toşkent şahar IIBB Axborot xizmati agentlik rahbari Şohnur Fayzullayevga nisbatan jinoiy iş qözğatilganligini va JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida közda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi sifatida jalb etilganini ma'lum qildi. Hozirda Ş.Fayzullayev ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.  

Mazkur agentlik bilan boğliq maşmaşalar qanday yuzaga keldi? Jabrlanuvçilar soni qança? Ular nimaga asoslangan holda va nima uçun MÇJga pul tölagan? Kun.uz tasvirga oliş guruhi yuqoridagi hodisaga oydinlik kiritiş maqsadida voqeani örgandi. Dastavval ayrim jabrlanuvçilarning sözlariga quloq tutamiz.

Foto: Tohirjon Hakimov

«Men 2019 yil yanvarda “Human xususiy bandlik agentligi” bilan Germaniyaga işga yuboriş böyiça şartnoma tuzganman. Ular 8 oyda yuborişni aytişgandi, mana 9 oy böldi yuborgani yöq. Mana şu 9 oy içida adaşmasam 50 martalar keldim, şekilli mana şu yerga. Nega deganda, men Toşkentda mardikorçilik bilan şuğullanib kelaman. Men bu 35 mln sömni qarindoşlarimdan qarzga olganman. 2020 yil maylariga qarzimni uzişni hisob-kitob qilgan edim», - deydi jabrlanuvçi.

«Men Germaniyaga ketarkanman deb, bir ayol kişidan 2 ming dollar olganman. Özimizça, rejalar ham tuzgandik. Bizga işlaydigan zavod-fabrikalaring deb rasmlar körsatişgandi. U vaqtda bir dollar 8300 atrofida edi. Hozir, şuning özida ham 2,200 ming söm yutqazyapman. Qolaversa, Farğonaga quruq qöl bilan qanday qaytaman. Bir marta uyimga kelib janjal kötarib ketdi. Hozir borsam, yana janjal», - deya yozğiradi boşqa biri.

Mazkur masala böyiça Toşkent şahar, Yakkasaroy tuman IIO FMB (faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi) boşliği örinbosari, mayor Dilmurod Satinboyevga uçraşib, bugungi kunda tergov jarayoni qaysi bosqiçda ekani, respublikaning uzoq hududlaridagi jabrlanuvçilar nima qilişi kerakligi xususida savollar bilan murojaat qildik.