O‘zbekiston | 08:29 / 25.09.2019
88900
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik bloger O‘zbekistonda yig‘iladigan birinchi elektrokarni sinovdan o‘tkazdi

Foto: YouTube/Alan Enileev

Rossiyalik avtobloger Alan Yenileyev O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ilk elektrokarni sinovdan o‘tkazdi. Moskvalik bloger O‘zbekistonga kelganda o‘tkazgan sinovni o‘zining YouTube-kanalida e'lon qildi.

Bloger elektromobil 10 ot kuchiga egaligini, maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qilishini, tashqi ko‘rinishi bilan esa Mercedes-Benz mashinalarini eslatib yuborishini aytgan.

Bloger, shuningdek, test-drayvni amalga oshirishdagi yordam uchun Otabek Umarovga minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekistonda ilk elektromobillarni “Qo‘qon” erkin iqtisodiy hududidagi “Shaffof omadli sanoat” korxonasida yig‘ish rejalashtirilmoqda. 30 mln dollarlik ushbu loyiha Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 

Birinchi elektrokar konveyerdan 2021 yilda chiqishi kutilmoqda. Birinchi yil korxonada 2 mingta mashina ishlab chiqarilmoqchi. Elektromobilning narxi 3 ming dollarni tashqil qilib, bir quvvatlanishda 150 km yo‘l bosa oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid