Xalqaro koinot stansiyasiga BAAning ilk fazogiri Hazza al-Mansuriy kelgandan keyin arab taomlaridan iborat tuşlik ötkaziladi. Tadbir 29 sentyabrga belgilangan va stansiyaning AQŞga tegişli segmentida bölib ötadi.

Al-Mansuriy “Soyuz MS-15” kemasida XKSga arab taomlarini olib keladi. Tuşlikka barça fazogirlar taklif etilgan.

Hozirda XKSda rossiyalik fazogirlar Aleksey Ovçinin va Aleksandr Skvorsov, amerikalik Nik Xeyg, Kristina Kuk va Endryu Morgan hamda italiyalik Luka Parmitanodan iborat ekipaj faoliyat yuritmoqda. 25 sentyabrda ularga yangi ekipaj a'zolari rossiyalik Oleg Skripoçka, amerikalik Jyessika Meir va BAAlik al-Mansuriy qöşiladi.

Avvalroq Rossiyaning “Laboratoriya kosmiçeskogo pitaniya” korxonasi birinçi arab fazogiri uçun halol taomlar tayyorlaşi ma'lum qilingandi. Bu taomlar orasida tovuqdan madruba, qöy göşti va sabzavotlardan saluna va balalit (vermişel quymoq bilan) bor. BAAlik fazogir XKSda 3 oktyabrgaça 8 kun ötkazib, Yerga Ovçinin va Xeyg bilan qaytadi.

“Soyuz MS-15” kemasi XKSga 25 sentabr Toşkent vaqti bilan soat 18.58da parvoz qiladi.