Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Şirak 86 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda marhum siyosatçining oilasi vakillariga asoslangan holda AFP xabar tarqatdi.

«Bugun tongda yaqinlari qurşovida hayotdan ketdi. Tinç orom olsin», — deya Şirakning kuyovi Frederik Sala-Baruning sözlarini keltirmoqda agentlik.

Jak Şirak 1932 yilning 29 noyabrida Parijda tuğilgan. Karno va Lyudovik Buyuk litseyida u rus tilini örgangan, ösmir yoşida Puşkinning «Yevgeniy Onegin» poemasini fransuz tiliga ögirgan. 

U 1956—1957 yillarda armiyada xizmat qilgan va Jazoirdagi uruşda qatnaşib, yaralangan. U keyinroq Siyosiy tadqiqotlar institutida va Administratsiya milliy maktabida öqigan, davlat xizmatiga işga kirib, siyosat bilan şuğullana boşlagan.

Ötgan asrning 60-yillarida u gollçi (Şarl de Goll tarafdori) bölgan. 1974 yilda Jorj Pompidu vafotidan keyin u gollçilarning Demokratlar ittifoqini boşqargan, Jiskar d'Estenni prezidentlik saylovlarida qöllab-quvvatlagan, söng boş vazir lavozimiga tayinlangan. Ikki yil ötib u boş vazirlikni tark etib, muxolifat vakiliga aylangan hamda Parij meri lavozimini egallagan.

Jak Şirak 1995 yildan 2007 yilgaça Fransiya prezidenti bölgan. Ikki marta — 1974-1976 yillarda va 1986-1988 yillarda mamlakat boş vaziri bölgan. Boş vazirligining ikkinçi muddatida bir vaqtning özida Parij meri lavozimida bölgan. U Fransiya poytaxtini 18 yil (1977 yildan 1995) yilgaça davomida boşqargan.

Şirak Ikkinçi Jahon uruşida yahudiylarning deportatsiya qilinişiga Fransiyaning daxldorligini birinçi bölib tan olgani, şuningdek, AQŞning Iroqqa bostirib kirişini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgani bilan tanilgan. Uning eng katta siyosiy islohotlaridan biri esa prezidentlik muddatini 7 yildan 5 yilga qadar qisqartiriş bölgan.

Şirak 2005 yilda insultni boşdan keçirgan, sönggi yillarda uning soğligi yomonlaşib borayotgandi.