Jak Şirak Fransiya prezidenti lavozimini egallagan vaqtda AQŞning Iroqqa 2003 yilda bostirib kirişiga mafkuraviy nuqtai nazardan emas, balki Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayndan köp millionlik poralar olgani uçun qarşi bölgan. Bu haqda Britaniya razvedkasining (MI-6) öşa vaqtdagi rahbari Riçard Dirlavga iqtibos keltirgan holda Daily Mail naşri xabar berdi.
Dirlavning ta'kidlaşiça, Şirak Husayndan 6 mln dollar olgani, bu pullarni 1995 va 2002 yildagi saylov kampaniyalariga işlatganining inkor qilib bölmas isbotlari bor. Razvedka ma'lumotlariga köra, Fransiyaning sobiq prezidenti pullarni vositaçilar orqali olgan.
Jak Şirak joriy yilning 26 sentyabrida 86 yoşida vafot etdi.
2003 yilda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa bostirib kirgan. Buning oqibatida Husayn tuzumi qulagan. Fransiyaning öşa vaqtdagi prezidenti bölgan Şirak uşbu harbiy kampaniyaga qarşi çiqqan va BMT Xavfsizlik kengaşida unga taqiqlov qöyiş bilan tahdid qilgan. Bu esa Fransiyaning qator davlatlar bilan munosabati yomonlaşişiga olib kelgan. Şirakning tahdidlariga qaramay, Iroqqa qarşi kampaniya BMT ruxsatisiz boşlab yuborilgan.
Husayn 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgan. U Al-Dujayl qişloği aholisining ommaviy qirğinida aybdor deb topilgan.

















