Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Şirak Parijdagi Monparnas qabristonida dafn etildi. 

Dafn marosimi marhumning yaqinlarigina iştirokida ötgan. Şirak 2016 yilda vafot etgan qizi Lorans yoniga dafn etilgan.

30 sentabr Fransiyada Şirakning vafoti munosabati bilan motam kuni deb e'lon qilingandi. Şu munosabat bilan hukumat binolarida bayroqlar tuşirib qöyilgan.  

Şuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 15.00da Şirak xotirasiga mamlakatning davlat muassasalari va maktablarda bir daqiqalik sukut saqlangan. 

Sen-Syulpis çerkovida Şirak haqiga ibodat bölib ötgan. Marosimda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va önlab davlatlar yetakçilari iştirok etgan.

Şirak 26 sentyabrda 86 yoşida hayotdan köz yumdi. U 1995 yildan 2007 yilgaça prezident lavozimini egallagan.