2019 yil 23 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi «Özbekiston eksportçilari» Uyuşmasi taşkil etildi.

 Uyuşmaning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:

mahalliy eksportçilarining faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş;

respublikada eksport uçun işlab çiqarilgan mahsulotlarning yagona elektron savdo platformasini yaratiş;

çet el investorlarini jalb qilgan holda mamlakat eksport salohiyatini oşiriş;

yagona içki va taşqi bozor marketing tadqiqot ma'lumotlar bazasini yaratiş;

ilğor eksport qiluvçi mamlakatlarning tajribasini mamlakat eksportini rivojlantirişga ilmiy yondaşgan holda tatbiq qiliş;
 
«Özbekiston eksportçilari» Uyuşmasi boşqaruv raisligiga «Qandolatçilikni rivojlantiriş» Uyuşmasi Boşqaruv Raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Muxtor Mansurxöjayeviç Umarov saylandi

Uyuşma manzili: Toşkent şahar, Olmazor tumani, Qoraqamiş köçasi, 8-uy.