Joriy yilning 25 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatida “Damas” rusumli ikki avtotransport vositasining töqnaşuvi natijasida mudhiş yöl transport hodisasi sodir böldi. Avtohalokat oqibatida jabrlangan va qurbon bölganlar bor. 

ÖzA xabariga köra, hodisa ertalabki soat 8:00lar atrofida Qarşi tumanidagi Xonobod qişloğidan çiquvçi ikkinçi darajali yölning “Qarşi – Şahrisabz” yöliga tutaş qismida yuz bergan. Viloyat yöl harakati xavfsizligi boşqarmasidan ma'lum qilinişiça, hodisa Qarşi tumani Xonobod qişloğida yaşovçi 1997 yilda tuğilgan Q.A. boşqaruvidagi “Damas” “Xonobod – Qarşi” yönalişida harakatlanib borayotganda qarama-qarşi tomondan kelayotgan fuqaro E.H. boşqaruvidagi “Damas” bilan katta tezlikda töqnaşişi oqibatida sodir bölgan. Töqnaşuv natijasida kuçli yonğin kelib çiqqan. 

- Uşbu yöl transport hodisasi “Damas” haydovçilarning ehtiyotsizligi va tezlikni me'yoridan oşirib yuborgani oqibatida yuzaga kelgan, - dedi viloyat Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi boşliği Alişer Jörayev. – Eng açinarlisi, uşbu mudhiş hodisa oqibati 5 nafar fuqaro hayotdan köz yumdi. 4 nafar fuqaro omon qolgan. Hozirda mazkur holat böyiça jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.