Bişkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqçisi Kanat Saginbayevni hibsga olişga qaror qildi. Bu haqda sud devonxonasida ma'lum qilingan.
“Sud qaroriga köra, u 8 oktyabrgaça 1-tergov izolyatoriga jönatilgan”, deyilgan xabarda.
Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimi bölgan Saginbayev sobiq davlat rahbarlariga qonun böyiça belgilangan davlat qöriqçisi sifatida Atamboyevga biriktirilgan bölgan. Atamboyevni qölga oliş böyiça maxsus operatsiya vaqtida Saginbayev öz lavozimini tark etiş haqida buyruq olmagan va sobiq prezidentni huquq-tartibot idoralari xodimlaridan qöriqlaşni davom ettirgan. 20 sentyabrda u qömitadan böşatilgan. Unga nisbatan “Bir guruh şaxslar tomonidan qotillik amalga oşiriş”, “Ommaviy tartibsizliklar”, “Xizmat mavqeini suiiste'mol qiliş” va “Tergovçi yoki boşqa mansabdor şaxs harakatlariga qarşilik körsatiş” moddalari böyiça jinoiy işlar qözğatilgan.
Qirğiziston maxsus xizmatlari 7-8 avgustda Bişkekdan 20 km uzoqlikdagi Qöy-Toş qişloğida Atamboyevni uyida qölga oliş böyiça operatsiya ötkazişgan. Ular Atamboyev tarafdorlariga qarşi maxsus vositalar qöllaşgan. Sobiq prezident tarafdorlari bunga javoban öt oçgan. Atamboyevni ertasi kuni qölga olişga muvaffaq bölingan. Ta'kidlanganidek, operatsiya vaqtida 136 kişi jabrlangan, bir maxsus jangçi halok bölgan.












