Çexiyaning futbol böyiça yoşlar çempionatidan örin olgan “Beroun” va “Slani” klublari örtasidagi öyinda kuçli mast holatda bölgan yon hakam Milan Şefara “harakat qilgan”. Futbol Femidasiga xizmat qiluvçi hakam stadiondan çiqarilib yuborilmagunça yon çiziq böylab harakat qiliş vaqtida bir neça marta yiqilib tuşgan.
Milan Şefaraga nisbatan Markaziy Bogemiya hududiy futbol uyuşmasi tomonidan intizomiy iş qözğatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarga köra, yon hakam şunçalik kuçli mast bölganki, töğri yura olmay, çayqaylib bir neça marta maysaga yiqilgan.
Utkání dorostu mezi Berounem a Slaným... pic.twitter.com/IOJnAXsFaZ
— Sportovní Hlášky (@SportovniHlasky) September 22, 2019
“Hakamning bunday harakatiga mutlaq yöl qöyib bölmaydi. Hakamlar qömitasi SKFS nomidan uning musobaqalarda iştirok etişini tasavvur qila olmayman. Bunday harakat uçun heç qanday oqlaş yoki yumşatuvçi holat mavjud emas”, deb aytgan mahalliy hakamlar qömitasi rahbari Pavel Mareş.
Ta'qidlanişiça, bu Çexiyada mast hakamlar bilan yuz berayotgan birinçi holat emas. 2016 yil mayida Marek Pilni va Irji Yyex milliy çempionat öyini oldidan spirtli içimlik içib, ulardan biri boş hakamni masxara qila boşlagan, ikkinçisi esa şundoq maydonga hojatini çiqargan. Keyinroq bu hakamlar böşatilib, jarimaga tortilgan va hakamlik litsenziyalari tortib olingan.











