O‘zbekiston | 07:41 / 27.09.2019
33745
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: LiveJournal

Bugun respublika hududlari issiq va quruq havo ta'siri ostida bo‘ladi. Havo harorati 33-35 daraja, janubda 38 daraja issiqqacha bo‘ladi, bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 6-8 darajaga ko‘pdir.

Ertadan boshlab Qozog‘iston hududlaridan salqin va nam havo massalarini kirib kelishi natijasida O‘zbekistonda havo harorati bir oz pasayishi kuzatiladi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19 daraja iliqni, kunduzi 27-32 daraja issiqni tashkil etadi.

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kuni mamlakat hududlari g‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massalari ta'sir ostida bo‘ladi. 29 sentyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati, 30 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-29 sentyabrda respublikaning ba'zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Dushanba kuni havo harorati kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduzi 18-23 daraja issiqqacha pasayadi, bu me'yordan 5-7 daraja kam bo‘ladi.

Mavzuga oid