Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya politsiyasi o‘zbekistonlik tennischini qo‘lga oldi
Fransiya politsiyasi ikki nafar tennischi - o‘zbekistonlik Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani qo‘lga oldi. Ular kelishilgan o‘yinlarda gumonlanmoqda.
Ushbu hibsga olishlar Fransiyadagi musobaqalarda kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan yirik surishtiruvning bir qismiga aylandi. Bu haqda Gotennis xabar bermoqda.
L’Equipe ma'lumotiga ko‘ra, avvalroq Xabibulina mart oyida Gonnesdagi turnirda o‘tkazilgan o‘yinda atayin mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Palkina esa u va pul tikadigan odamlar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlanmoqda. Fransiya rasmiylarining sportchilarga bo‘lgan e'tiborini shubhali pul tikishlarni payqagan britaniyalik bukmekerlar jalb qildi.
Surishtiruv tufayli Xabibulina va Palkina juftlikda o‘ynashi kerak bo‘lgan Klermont-Ferrandagi ITF musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026