Vazirlar Mahkamasining “2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda asosiy maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Respublikaning lalmi maydonlarida 2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Respublikaning lalmi maydonlarida 2020 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish muddatlari bo‘yicha joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga ekiladigan sabzavotlardan yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini takroriy joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda bog‘ va tok qator oralaridan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;