Özbekiston Kubogida ilk finalçi aniqlandi. Öz maydonida «Nasaf»ni qabul qilgan «Paxtakor» öyin davomida kiçik kambekni amalga oşirib, final yöllanmasini qölga kiritdi. Avvaliga qarşiliklar hisobda oldinga çiqib olişgandi, ammo birinçi bölimning özida vaziyatni önglagan «Paxtakor» final yöllanmasini naqd qildi.
Öyinning 7-daqiqasida «Paxtakor» xavfli hujum uyuştirdi va töp jarima maydonçasiga havolatib uzatildi. Ammo Çeran va Sergeyev töpga yeta olişmadi. 12-daqiqada «Paxtakor» xavfli jarima zarbasi tepiş imkoniga ega böldi. Jaloliddin Maşaripovning jarima maydonçasiga uzatgan töpini esa Abduvohid Ne'matov uşlab oldi.
13-daqiqaga kelib «Nasaf» ikkita ketma-ket xavfli vaziyat yaratdi. Avvaliga Dilşod Saidovning öng qanotdan uzatgan töpini Suyunov egallab olgan bölsa, köp ötmay Bobur Abduxoliqov uzoq masofadan Suyunovning huşyorligini sinab kördi, ammo Boburning zarbasi noaniq böldi.
18-daqiqaga «Nasaf» gol urişga yanada yaqin keldi. Bobur Abduxoliqov çap qanotdan yorib kirdi va töpni darvoza yaqiniga uzatişga urindi, ammo Yegor Krimets töpni maydon taşqarisiga çiqarib yubordi. 20-daqiqada «Nasaf» öyinda hisobni oçdi. Öng qanotdan Dilşod Saidov uzatgan töpni Bobur Abduxoliqov darvozaga joylab qöydi.
33-daqiqaga kelib «Paxtakor» hisobni tenglaştirdi. Odil Hamrobekovning uzatmasini Dragan Çeran boş bilan darvozaga yölladi. 35-daqiqada «Paxtakor» hisobda oldinga çiqib olişi mumkin edi. Xuddi Çeranning golida bölgan vaziyat takrorlandi va bu gal Sergeyev boş bilan gol urişi mumkin edi. Ammo Igorning zarbasini Ne'matov qaytardi. Qaytgan töpni esa Doston Hamdamov tepaga tepib yubordi.
39-daqiqaga kelib «Paxtakor» hisobda oldinga çiqib oldi. Çap qanotdan jarima maydonçasiga kirib borgan Jaloliddin Maşaripov çap oyoqda uzoq burçakni aniq nişonga oldi. 54-daqiqada mezbonlar farqni yanada oşirişlari mumkin edi. Farrux Sayfiyevning qanotda uzatgan töpini Igor Sergeyev boş bilan darvozaga yölladi, ammo Igorning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.
58-daqiqada Maşaripov va Sobirxöjayev çiroyli kombinatsiya uyuştirib Sergeyevni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga olib çiqişdi. Ammo hujumçiga xalaqit berişga ulgurgan Xurşid Muxtorov töpni maydon taşqarisiga çiqarib yubordi. Şu tariqa «Paxtakor» ketma-ket ikkinçi yil kubok finaliga yöl oldi.
Özbekiston Kubogi
Bir öyindan iborat yarim final
«PAXTAKOR» — «NASAF» 2:1












