Tehron yadro quroliga ega bo‘lishga intilmayapti, deb bayonot berdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
"Yadro quroliga ega bo‘lishni istaganlar nazorat imkoniyatini pasaytiradi, keng kuzatuvlarni cheklaydi. Biz tekshiruvlarni pasaytirmadik", - dedi Ruhoniy.
"Biz faqatgina yadroviy faoliyat yuritishdagi majburiyatlarimizni bajarishni qisqartirdik, ammo yadroviy faoliyatimiz MAGATE kuzatuvi ostida", - dedi u.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Eron bilan Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi o‘rnini bosadigan yangi yadroviy bitim tuzish vaqti kelganini ma'lum qilgandi.















