Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qöşimçalar va özgartirişlar kiritiş töğrisida (Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019 yil 9 sentyabrdagi PF–5816-son Farmoni)”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarida:

7-bandda (Mexanik transport vositasining haydovçisi quyidagilarni yonida olib yurişi va IIO xodimlari talab qilganda tekşiriş uçun taqdim etişi şart):

törtinçi xatboşi (transport vositasi yoki tirkamani qayd qiliş guvohnomasini, transport vositasining egasi bölmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etiş huquqini beruvçi, egalik qilişga va foydalanişga berilganligini tasdiqlovçi hujjatni) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“transport vositasi yoki tirkamani qayd qiliş guvohnomasini”;

quyidagi mazmundagi beşinçi xatboşi bilan töldiriladi:

“transport vositasi yoki tirkamani qayd qiliş guvohnomasini, transport vositasining egasi bölmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etiş huquqini beruvçi, egalik qilişga va foydalanişga berilganligini tasdiqlovçi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno”;

beşinçi – yettinçi xatboşilar tegişli ravişda oltinçi – sakkizinçi xatboşilar deb hisoblanadi;

8-band (Tegişli toifadagi transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinçalik ruxsatnomaga ega bölgan şaxs, öziga tegişli bölmagan transport vositasini, uning egasi yonida bölganida yoxud tasarruf etiş huquqini beruvçi yoki egalik qilişga, foydalanişga berilganligini tasdiqlovçi hujjatlari bölgan şaxs iştirokidagina (ularning roziligi bilan) boşqarişi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça şartnoma uşbu transport vositasidan çeklanmagan şaxslarning foydalanilişini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boşqarayotgan şaxs suğurta polisida körsatilgan bölsa) quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi bilan töldiriladi:

“Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) uşbu transport vositasini mustaqil boşqarişi mumkin”.

Bundan oldin, 1 oktyabrdan boşlab yaqin qarindoşlar örtasida notarial tasdiqlangan avtoişonçnoma bekor qilinişi xabar berilgandi.