2019 yil boşidan beri Özbekistonga 4,3 mlndan köproq xorijiy sayyoh taşrif buyurdi. Sayyohlik oqimi ösişi 2018 yilning şu davriga nisbatan deyarli 27 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ÖzA muxbiriga intervyusida ma'lum qildi.
Aqqulovning ta'kidlaşiça, xorijiy sayyohlarga 854,5 mln dollarlik xizmat körsatilgan. Viza tartibi soddalaştirilib, hozirda 77 ta davlat fuqarosi Özbekistonga elektron viza olişi mumkin.
Yil oxirigaça sayyohlar soni 6,5 mlndan, mehmonxonalar soni 800 dan oşişi, turoperatorlar soni esa 1400 ga yetişi kutilmoqda.
Aqqulovning ma'lum qilişiça, davlat röyxatiga 4 mingdan köproq tarixiy yodgorlik, madaniy meros obektlari va ziyoratgohlar kiritilgan. Yil sayin Samarqand, Buxoro, Şahrisabz, Xiva, Qöqon vaToşkentga taşrif buyuruvçi sayyohlar soni oşib bormoqda.











