Bugun özbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri şoir Rauf Parfi tavalludining 76 yilligi. Quyida yozuvçi Nazar Eşonqulning «Men»dan «Men»gaça» nomli kitobidan joy olgan şoir haqidagi xotiralar keltiriladi.
Menga Rauf Parfi haqida gapiriş, yoziş negadir oğirlik qiladi. Sababini tuşuntirib beriş qiyin. U kişining atrofida yurganlar, bilganlar, u kişi ma'lum ma'noda suyangan, işongan va mehr qöygan, munosabat qilgan hammamiz göyo Rauf Parfi uçun vaqtida qiliş kerak bölgan işlarni qilmagan, öşa paytda u kişining, u bir umr himoya qilgan va hayotini bağişlagan e'tiqod, adabiyot oldidagi burçimizni oxirigaça bajarmaganday tuyulaveradi. Şu sababli Rauf aka haqidagi yarim afsona xotiralarni öqiganimda, könglimda «Rauf aka şunaqa bölganmikin?!» degan şubha uyğonadi. Menda hamişa Rauf aka öz zimmasiga köp narsani, xususan, oila, rözğor, qarindoş-uruğçilik taşvişlarini olmaslik uçungina öşa xotiralarda keltirilgan afsonalarning asosi bölgan «darveşona holat»ga özini atayin solib yurgandek taassurot qoldirardi. Bu şunçaki taxmin emas. Bir gal Qarşiga birga borganimizda yozuvçi Temir Tillayevning uyida Rauf aka birinçi marta biz bilan mutoyiba tarzida emas, samimiy, könglini oçib gaplaşganining guvohi bölgandim. Öşanda biz – bu şoirni qariyb adabiyot ma'budi darajasida köradigan yoş yigitlar anglab yetgan haqiqatimiz şu bölgandiki, Rauf aka bizga ta'riflaşganidek, hamma narsaga qöl siltagan, diydasi qattiq, yerdan uzilib, faqat osmonda yaşaydigan, şe'r uçun har qanday narsani qurbon qilib yuboradigan darajadagi yengil öyli ijodkor emas, bolalariga, oilaga munosabati ham boşqalarnikiga öxşaydigan, ammo buning uddasidan hamişa ham çiqavermaydigan şaxs sifatida namoyon bölgan edi. Biz bilan öşanda gaplaşayotgan va xuddi bugungidek kezib yurgan ta'rif-u tavsiflar tufayli tasavvurimizda şakllangan Rauf Parfining içida boşqa Rauf Parfi ham ötirardi. Bu Rauf Parfi farzandlari, oilasi oldidagi burçini biladigan va bu burçni teran anglaydigan, ayni paytda bu burçni bajarolmaganidan, özining bu sohadagi noşudligi, hafsalasizligidan ozor çekib qiynaladigan, farzandlar mehrini qozonişni, ularga özi orzu qilgandek mehr körsatişni va mehr olişni istaydigan yuvoş-u beozor Rauf Parfi ötirardi. Öşanda men birinçi marta kuyunçak ota va er Rauf Parfini körgandim. Rauf akadan öşa kuni olgan «ta'limimiz» bizni ham ma'lum ma'noda öziga xos tarbiyalagandi.
Rauf aka dunyoni, öz iborasi bilan aytganda, «katta vatan» va «kiçik vatan»ga bölardi. Zamondoşlarimiz aksariyatining fojiasi şundaki, ular katta vatanni sotib yeb bölgan yoki biror manfaatli narsaga, mansabga, amalga almaştirib yuborişgan. Ular faqat «kiçik vatan»ning quliga aylanişgan. Şu sababli bunaqa odamlarni Rauf aka oşkora va atayin mazax qilib yurardi. Toki ular özlarining kimligini, katta vatanni almaştirib bölmasligini anglamagunça, mazaxga, haqoratga munosib edi. Rauf aka bu kasallikni juda yuqumli, hammani domiga tortib ketişi mumkin bölgan dard deb hisoblardi. Şu sababli bu kasallikdan hamişa özini himoya qilişga harakat qilardi. Rauf akani qiynaydigan va atrofiga qarab azoblanadigan narsasi ham aslida şunda edi. Tevarakning tuslanib, turlanişlari, osongina har xil qiyofaga kirişi, ham vatan haqida kuyinib gapirib, ham vatanni «sotib turişlari» Rauf akaning könglida hamişa oğriq va azob uyğotardi. Biz öşanda paytdan foydalanib, şoirning oila, bola-çaqaga haqiqiy munosabatini bilgimiz kelgandi. Rauf aka biz körib, eşitib yurgan narsalarni emas, mutlaqo boşqa narsalarni gapirdi. Ammo hamma gap şundaki, agar kişi bola-çaqa haqida köp öylayversa, bola-çaqa, rözğorga berilib ketilsa, unda «katta vatan»ni rözğorga almaştirib yuboriş heç gap emas. Bu esa, baribir, vatanga, millatga, vijdonga sotqinlikka olib keladi degani. Bunaqa burç kişini ojiz va qörqoq qilib qöyadi. Rauf aka ana şundan qörqardi. Şu suhbatdan söng men bunaqa oçiqlikni boşqa körmadim, Rauf aka yana özining hamma bilgan va afsonalaştirilgan niqobiga kirib oldi.
Mavzuga oid
Mening nazarimda, bu niqob Rauf aka uçun odamni ojiz qilib qöyadigan tirikçilik mayda-çuydalari, rözğor taşvişlari, turmuşning baland-pastlaridagi köplab mas'uliyatdan çetda turişi, bu yumuşlarni zimmasiga olmasligi, ularga boğlanib qolmasligi uçun qulay edi. Ammo uning içida barça uluğ iste'dodlarga xos, özining bu xil keçmişidan oğriyotgan, iztirob çekayotgan, azoblanayotgan yana bir qiyofa, yana bir odam yaşardi. Rauf aka içidagi bu boşqalarga öxşaydigan odamning yuzaga qalqişiga kamdan kam izn berardi. Mening bilişimça, atrofdagi ikkiyuzlamaçilik, manfaatparastlik, soxtalik, yasamalikdan özini şu niqob içiga olib qoçib kirar, şu yöl bilan özini, könglini, e'tiqodini ihota qilardi. Çunki Rauf aka baribir «katta vatan» uçun tuğilgan edi. Uning könglidagi şu vatanga va şu vatan dard-u iztirobiga, kelajagiga daxldorlik tuyğusi uni millionlab odamlarning yaşaş tarzidan bölakça yaşaşga majbur qilardi.
Mustaqillikka erişişdan bir-ikki yil oldin Rauf aka bilan bir iqtisodçinikida mehmon bölganmiz. Rauf aka va biz öşanda vatan haqida, jadidlar, qatağon qurbonlari, Dukçi eşon, oliy yuksak e'tiqod haqida rosa berilib, kuyib-yonib gapirgan bölsak kerak. Aslida Rauf aka bor davralarda faqat şunday mavzularda suhbat bölardi. Iqtisodçi (qaysidir institutda dekan edi, çamamda), aftidan, Rauf akaga haddi siğardi va u kişini juda yaxşi bilardi, suhbat oxirida gaplarimizdan ensasi qotib, şunday dedi: «Menga qaranglar, munça vatan, vatan deysanlar. Nima, öşa vatan sizlarga biron narsa qilib beradimi? Qarab tursam, boşlaringda boşpanalaring, uylaringda tuzukroq krovat yöğ-u, yana vatan deb gapirişlaringga ölaymi? Oldin rözğorni but qilib, bolalarning qornini töyğizib qöyiş kerak, undan keyin vaqt qolsa, vatan haqida gapiriş mumkin. Mana, mening vatanim şu uyim. Şu uyda yöq narsaning özi yöq. Men faqat şu vatan uçun yaşayman. Boşqa vatanni tan olmayman. Mening hamma narsam bor, pulim, maşinam, kottejim, mana şular menga vatan!.. Men uçun vatanparvarlik şu!»
Bu gapdan hammamiz birdan mulzam bölib qoldik. Çunki davrdagilarning deyarli hammasining hatto öz uyi ham yöq edi, ijaralarda siğinib-qimtinib yaşaşardi. Kunlari esa suvaraklar bilan qotgan nonni bölib yeyişdan iborat edi. Iqtisodçining gapi hammamizni dovdiratdi. Lekin Rauf aka birdan uzib oldi: «Töğri, siz ham vatanparvarsiz, faqat kiçik vatanga parvarsiz. Katta vatanga aloqangiz yöq. Sizdaylar hamma narsani kiçik vatanga taşib keltirgani uçun katta vatanda xalq yeydigan heç narsa qolmadi».
Bu tanbehdan iqtisodçining ensasi qotdi. Bilmadim, bu qarindoşi bilan keyinçalik ilakişib ketdimi, yöqmi, ammo Rauf aka katta vatan masalasida heç kimni, hatto özini ham ayamasdi. Aynan odamlarga heç narsani va heç kimni, vijdon va e'tiqodni sotmay ham yaşaş mumkinligini özining turiş-turmuşi va hayoti bilan isbotlab bermoqçiday edi, lekin tan oliş kerak, öz umri bilan buni isbot qilib ham berdi.
Keyingi yillarda turli naşr va töplamlarda e'lon qilinayotgan Rauf Parfi haqidagi xotiralarni öqigan kişida agar rostdanam bu xotiralarda yozilgandek, sodiq şogirdlar, vafodor döst-yorlar davrasida, salkam Xöja Nasriddin kabi mutoyiba bilan yaşaganda edi, ustoz ehtimol, haligaça oramizda yurgan bölarmidi, degan bir istehzo uyğongan bölişi tabiiy.
Bu xotiralarda keltirilgan şoir aytgan, aytmagan gaplar, iboralar, hazil-mutoyibalarni öqib, Rauf aka sal bölmasa ğam-qayğuni içiga yuqtirmaydigan afandiga öxşab qolgani kişini öksintiradi. Bilmadim, ehtimol, u kişi men bilan öşa mualliflarga qilgandek muomala va munosabat qilmagandir?! Har holda, men bilgan Rauf aka bunday emasdi. Yuzlari kulib turgani bilan közlarida iztirob va dard yurardi. Menga hamişa Rauf aka boşqa narsani gapirmoqçi-yu, lekin tili boşqa narsalarni, xususan, odamlar orasida mutoyibaga aylangan iboralarni atayin gapirayotgandek, qimtilgan lablari alam va uqubatdan titrab ketgandek, yoşlangan közlarida aslida men sizlarga boşqa narsani gapirmoqçi edim, deyotgandek bölar va özining ojiz, zaif tomonlarini ham yaşirmasdi, ammo aynan öz e'tiqodiga har mahal sodiq hamda şu e'tiqod bor joyda juda kuçli va irodali, quvvatli va qudratli şaxsga aylana olardi. Har bir mutoyibasi ortida zaharxandalik, aççiq iztirob, nimagadir işora, va hatto, nimadandir norozilik, kimnidir uzib olişga bölgan iştiyoq yotardi.
«Jahon adabiyoti» jurnalida işlab yurganimizda Rauf aka ertalab tong sahardan işda bölardi. Rahmatli Ozod Şarafiddinov: «Raufni juda tartibsiz deyişardi, yolğon ekan-da. Qaranglar, hammamizdan oldin işda böladi», – deb maqtagani yodimda. Rauf aka esa bu maqtovdan söng: «Domla, qaniydi, boşqalarning ham hayoti menikiga öxşasa, hamma har kuni ertalabdan işga kelardi. Aslida, mening yaşaş usulimni hammaga joriy qiliş kerak, şunda işda tartib böladi», – dedi. Bu gapida alamli istehzo borligini şoirning keyingi oylardagi keçiş-keçmişidan xabardor kişilargina angladi. Domla, tabiiyki, Rauf aka navbatdagi uyini ham kimgadir «tuhfa» qilib yuborib, uysiz qolganidan va boradigan joyi yöqligi uçun ba'zida keçasi ham işxonada tunab qolişidan bexabar edi. Rauf aka mayda-çuyda narsalarga bee'tibor edi-yu, lekin ba'zida juda oriyatli edi. Garçi içib, özini bilmaydigan darajada bölsa ham, mabodo birovnikida yotib qolgan bölsa, tong saharda, hali xöroz qiçqirmasdan turib, uy egasiga aytmasdan ham çiqib ketardi. Işga kelib «Nega indamay ketib qoldingiz?» – deb sörasak: «Bir zarur işim bor edi, sizni bezovta qilib ötirmadim», – derdi. «Zarur işi» yöqligini biz ham, özi ham yaxşi bilar, birovga oğirligi tuşişni istamagani va ertalabki ortiqça mulozamatlarga örin qoldirmaslik uçun şunday yöl tutardi, bunday vaziyatlarda men iç-içimda anglagan narsa şuki, özining holatidan xijolat bölgani bois, xonadonning boşqa a'zolari yuziga qarolmagani uçun ham şunday qilardi.
Bizga ba'zida juda jizzaki, taptortmas bölib tuyuladigan Rauf aka oddiy odamlar oldida juda kamtar va tortinçoq edi. Ular bilan öta oddiy va öta samimiy gaplaşardi. Şu bilan birga, bu xatti-harakati bilan bizga nimadir demoqçi bölardi. Yana, nazarimda, Rauf aka darbadar hayotni atayin, taqdirga öçakişib tanlayotganday, darbadarlikdan qörqadigan biz kabi odamlar ustidan kulayotganday, har gapida istehzo köpçib turardi. Bir marta Farida Afröz (Rauf aka bilan bir xonada işlardik) özining yangi uy olgani, uyi neça xonali ekaniyu, mebellari, uy jihozlari haqida Rauf akaga berilib gapirib bera boşladi. Rauf aka hamişagidek «Yaxşi, yaxşi...ajoyib» deb sigaret çekarkan, bu hikoyaning qaçon tugaşini kutib ötirardi. Farida Afröz uyini uzoq ta'riflagandan söng katta qöriqçi it olganini va unga atab maxsus, bejirim itxona qurganini aytganda Rauf aka birdan «Oh» deb tizzasiga urdi va örnidan turib ketdi. Farida Afröz ajablanib qaradi. «Nima böldi?!» – deb söradi atrofiga alanglagança. Rauf aka esa pinagini ham buzmay: «Öşa joyni ham band qilibsiz-da, boyadan beri men umid qilib ötirgandim», – dedi odatdagidek tagdor tabassum bilan. Farida Afröz «Qaysi joyni?» deb söradi. Rauf aka: «Itxonani-da. Özim öşa yerda yotib, uyingizni qöriqlardim. Nima, itdan qayerim kam?» – dedi zaharxandali jilmayiş bilan. Farida opa şoirning bu gaplarni navbatdagi mutoyibasi deb bilib qiqirlab kulib yubordi. Ammo bu şunçaki mutoyiba emasdi. Rauf akaning gapida, nim tabassumida öz hayotiga, turmuş tarzi va boşqalarning tekis, bir maromdagi tirikçiligiga nisbatan istehzo – mazax bor edi. Göyo bizning uy-joy, turmuş, rözğor haqidagi meşçan tasavvurimizdan kulayotgandek, masxara qilayotgandek edi. Jurnalda işlab yurganimizda Rauf aka deyarli tuşlikka çiqmasdi. Ba'zida majburlab olib çiqardik. «Oşqozonni işdan çiqarasiz, ovqatlaniş kerak...» qabilida gapirgan bölsak kerak, xuddi oyoqlariga toş boğlab olganday zörğa çiqardi. Ovqatni nomiga yerdi. Iştahasi bölmasdi. Nima uçunligini hammamiz bilardik. Lekin özimizni bilmaslikka solardik. Ikki-uç martadan söng navbatdagi tuşlikka taklif qilsam «Menga qarang, odamni qiynamang, şu tuşlikka men uçun ajratgan pulingizni özimga berib qöyaqoling, uni nima qilsam özim bilaman, siz ham menga yaxşilik qilganingizdan xursand bölib yurasiz», – dedi. Gapidagi istehzoni sezib tursam ham göyo Rauf Parfini özgartirmoqçi va tarbiyalamoqçidek «Yöq, birga ovqatlanamiz» – deb olib çiqdim. Rauf aka baribir öz aytganini qildirdi. Biz bilan boşqa ovqatlanişga çiqmadi. Tuşlikka çiqarkanmiz «Qorin taşvişimi?!» – derdi istehzoli. Bu bilan bizni «çaqib» olardi. Özining bunday «taşviş»dan ustun ekanini bildirib qöymoqçiday edi göyo. Özi esa odatda şoir-yozuvçilar örtasida «Rauf Parfi qabulxonasi» deb nom olgan qahvaxonada taniş va notanişlar davrasida, keyinçalik maşhur bölgan mutoyibalari-yu iboralarini «ijod» qilib ötirardi.
Rauf aka va Şukur Xolmirzayev dunyoga faqat adabiyot uçungina kelişgandek edi. Adabiyotdan boşqasini tan olişmasdi. Adabiyot har ikkalasi uçun ham oila, ham vatan, ham e'tiqod ramzi edi. Adabiyot deganda butun boşli xalqni, tilni, millatni tuşunişardi. Qolgan barça narsalarga beparvo edi. Oila, uy-joy, iş-majburiyat, bola-çaqa taşvişlari ular uçun ikkinçi darajali edi. Agar yozişga va öz e'tiqodi bilan yaşaşga xalaqit bersa, bulardan voz keçişga tayyor şaxslar edi. Ammo adabiyotning tub mohiyatidan, tub maqsadidan voz keçişmasdi, adabiyotga xiyonatni, sözga xiyonatni, özlari «adabiyot» deb bilgan vijdonga xiyonatni keçira olişmasdi. Ular adabiyotni manfaat quroli qilişmadi. Ular işga, va tabiiyki, köplar mukkasidan ketadigan mansab-martabaga, amalga, şon-şuhratga beparvo bölişdi, bularni mayda-çuyda narsalar deb bilişardi, ammo adabiyotni xuddi öz vatanlariday, öz uyiday, öz köngliday himoya qildilar, adabiyot oldidagi burçlarini bir nafas bölsa ham unutişgani yoki mas'uliyatsizlik bilan qaraşgani yöq. Ular tiriklik paytda adabiy jarayonga kiriş eşigida hamişa ularning nigohi turar, bu darvozadan şu nigohga iste'dodi bilan doş bera olganlargina kira olardi. Bugun biz ana şu nigohlarga har tomonlama ehtiyoj sezayapmiz. Umuman, özbek şe'riyatida Rauf Parfi nigohi 60-yillarning oxiridan boşlandi va bu nigoh ostida adabiyotni ham şakl, ham mazmun jihatdan yangilab bergan 70-yillarning avlodi paydo böldi hamda öz sözlarini aytişga kirişdi. Ularning sözlari qaysidir ma'noda Rauf Parfining sözlari, orzulari, intilişlari ham edi. Mening nazarimda, şe'riyat haligaça Rauf Parfi adabiy nigohi va iste'dodi bilan yuksaltirib bergan poetik hudud böylab kezib yuribdi, özini qançalik şakl-u şamoyilga solmasin, yangi hududga kötarila olgani yöq, Rauf Parfi qoldirgan tasavvurni özgartira olgani yöq.
Mening nazarimda, Rauf aka hayotga qasdlaşib yaşadi. Boşqalar intilgan hayot ne'matlari, zavqlaridan özini deyarli tiydi. Rauf aka bilan qariyb yigirma yillik tanişligimiz davrida moddiy ma'nodagi «mazza qilib» degan birikmani eşitganim yöq. Hayotga qasdlaşgani uçun ham soğligiga, turmuş taşvişlariga beparvo edi. Aynan şu beparvoligi şoirni oramizdan erta olib ketdi. Rauf aka e'tiqod, Sözga munosabat masalasida hamma narsadan, hatto hayotdan ham ustun bölişni istardi. Bugun biz u kişi tiriklik paytiyoq hayotiy taşvişlardan ustun bölganiga, köngli, qalbi, şe'rlari bilan köhna, qari va şafqatsiz hayot ustidan baland kelganiga, baland turganiga guvoh bölib turibmiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi