Özbekistonning Qozon şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi ma'lumotlarga köra, 2019 yil 27 sentabr kuni M5-«Ural» avtomobil yölida sodir bölgan yöl-transport hodisasi natijasida 5 nafar Özbekiston fuqarosi jabrlangan. 

Mamlakat Taşqi işlar vazirligi ma'lumotida aytilişiça, ular turli xil jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo kasalxonasiga yotqizilgan.

Kasalxona vakilining sözlariga köra, tibbiy yordam körsatilganidan keyin jabrlanganlarning ahvoli barqarorlaşgan.

Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgani aytiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgaböyi federal okrugi (Boşqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm ölkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Çuvaşiya Respublikasi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatning Qozon şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7-967-772-66-00.