O‘zbekiston | 01:01 / 28.09.2019
4557
1 daqiqa o‘qiladi

Saylovda qonun buzilsa, fuqarolar kimga murojaat qiladi?

Foto: KUN.UZ

Saylov qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, fuqarolar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuzilgan shtablarga murojaat qilishlari mumkin. 

Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Markaziy saylov komissiyasi va Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan treningda ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri Zilola G‘aybullayeva.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Hayot Qilichovning treningda ta'kidlashicha, fuqarolarda saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha videotasvirlar bo‘lsa, ular huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishlari mumkin.

«Bundan tashqari, bu vaziyatda Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefonlari orqali ham ma'lumot berishlari mumkin va o‘sha hudud, albatta, o‘rganib chiqiladi», — deya ma'lumot berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid