2019 yil 27 sentabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik institutida Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan taşkil etilgan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş: milliy amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusida konferensiya bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, anjuman respublikada moddiy-texnik, ilmiy-intellektual resurslarni töliq safarbar etgan holda mavjud ilmiy-texnik salohiyatdan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etilgan.

Xususan, sönggi uç yilda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalarida 608 nafar izlanuvçi tayanç doktorantura va doktoranturada tahsil olişgan bölişiga qaramasdan, ularning 44,5 foizi doktoranturani himoyasiz yakunlagan.

Tahlillarga köra 2007-2016 yillarda bajarilgan 841 ta fundamental tadqiqotlarning 35 tasi yoki 4,2 foizi idoralararo tadqiqotlar bölib, bu ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalarining loyihalarda faqat özlari iştirok etişga harakat qilganliklarini anglatadi. Mazkur holat oliy ta'lim va akademik ilm-fanning integratsiyasiga jiddiy tösqinlik qilib, natijada bu ahamiyati past ilmiy loyihalarning köpayişiga olib kelgan.

Şuningdek, tadqiqotçilarda innovatsion va startap loyihalarni tayyorlaş tajribasining yetişmasligi oqibatida innovatsion işlanmalar va texnologiyalarni iqtisodiyotning tegişli tarmoqlari va sohalariga joriy qiliş darajasi pastligiça qolmoqda.

Anjumanda qayd etilgan şu va boşqa kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan bir qator amaliy tavsiyalar bildirildi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan jurnallarning faoliyatini xalqaro talablarga bosqiçma-bosqiç moslaştiriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş lozimligi ta'kidlab ötildi. Şuningdek dissertatsiya işlarini rasmiylaştiriş, tarqatiş va topşiriş jarayonlarini elektron hujjatlaştiriş tizimiga ötkaziş maqsadga muvofiqligi bildirildi.