“Mersedes” jamoasining a'zosi Lyuis Xemilton “Formula-1” avtopoygasining 16-bosqiçi – Soçida ötgan Rossiya gran-prisida ğolib böldi. 

2-örinni uning jamoadoşi Valtteri Bottas, 3-örinni “Ferrari” vakili Şarl Lekler egalladi.

Xemilton 6-marta ötkazilgan Rossiya gran-prisida 4-marta ğalaba qozondi. Avval u bu trassada 2014, 2015 va 2018 yillarda zafar quçgan.

Umumiy hisobda Xemilton 322 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. 2-örinni Bottas (249 oçko) va 3-örinni Lekler (215 oçko) egallamoqda. 

Poyganing keyingi bosqiçi 11-13 oktyabrda Yaponiyadagi Suzuka trassasida bölib ötadi.