Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida oxirgi 4 kun içida kuçli musson yomğirlari sababli 73 kişi halok böldi. Yomğirlar toşqinlar va köçkilar yuzaga keltirgan. NDTV telekanalining xabar berişiça, oxirgi kunlarda ştatning şarqiy qismida 102,2 mmgaça yoğingarçilik tuşgan, bu esa yilning uşbu vaqti uçun me'yordan ança köpdir.
Yomğirlar qöşni Bixor, Rajaston va Uttarakxand ştatlarini ham qamrab olgan. Şimoliy Hindistonning bir neça tumanida 30 sentyabrgaça barça maktablar yopilgan. Temir yöl izlari suv ostida qolgani sababli bir qator poyezdlar qatnovi bekor qilingan.
Ob-havo mutaxassislari Uttar-Pradeş va yaqin atrofdagi hududlarda yaqin 2 kun içida “kuçli yomğirlar” kuzatilişidan ogohlantirgan.













