Bugun Oliy Majlis Senati Reglament va odob komissiyasi yiğilişida Farğona viloyat hokimi, senator Şuhrat Ğaniyev masalasi körib çiqildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati hokimining yiğilişda bildirgan fikri yuzasidan bir qança materiallar e'lon qilindi. Va xalq tomonidan juda keskin fikrlar bildirildi. Bir söz bilan aytganda, internetda bu masala yuzasidan fikr bildirmagan inson ham qolmadi», deya hokimning işini qoraladi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Tanzila Norboyeva Şuhrat Ğaniyevga bildirilgan munosabatlarning barçasi salbiyligi, bunday fikrlar bir neça kun içida ijtimoiy tarmoqlarni «portlatgani»ni ta'kidladi.
«Rahbarman deb çegaradan çiqiş, odob-axloq qoidasiga rioya qilmaslik, özidan past turgan xodimlarni haqoratlaş, «Men hamma narsani qilaveraman», degan dunyoqaraş notöğri», deya hokimning qilgan işini qoraladi Senat Raisi.
Bundan taşqari, Reglament va odob komissiyasi yiğilişida Tanzila Norboyeva Senat qanday çora körişini butun xalq kutayotganini ta'kidladi.
«Şuhrat Ğaniyev ham davlat rahbarlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyoga uning xatti-harakatlari haqida xabarlar ketayotgani esa mamlakat obrösiga putur yetkazmay qolmaydi. Şuning uçun men Reglament va odob komissiyasi nomidan unga qat'iy ogohlantiriş va 3 oy sinov muddati ham berilişini taklif qilaman. Bundan keyin Şuhrat Ğaniyev özi ta'kidlaganidek, milliy libos kiyib ulğayganini unutmagan holda yana xato qilmaslikka butun bilimi bilan harakat qilişi zarur», deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senat Raisi Farğona viloyat hokimidan boşqa rahbarlar faoliyatida ham uylar buzilişi, daraxtlar kesilişi bilan boğliq turli qöpol harakatlar uçrab turganini aytib ötib, endi zamon özgargani, bu yangi zamonda inson şa'ni, qadr-qimmati qattiq hurmat qilinişi kerakligini ta'kidladi.
«Islohotlar amalga oşirilişi jarayonida odamlarda yaxşi kayfiyat bölişi kerak. Buning uçun esa insonlar şa'ni, qadr-qimmati toptalmasligi zarur. Bu Konstitutsiyada ham qat'iy belgilab qöyilgan.
Aytiş joizki, Senat xalq vakillaridan iborat palata hisoblanadi. Şuning uçun biz bu masalalar gazak olmasdan, hamma ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirib bölgandan keyin munosabat bildirişimiz kerak emas. Bundan keyin faoliyatimizni bu kabi masalalarda ham kuçaytiramiz», - deya komissiya yiğilişini tugatdi Tanzila Norboyeva.
Eslatib ötamiz, komissiya yiğilişida Şuhrat Ğaniyev ijtimoiy tarmoqlarda öziga bildirilayotgan tanqidlar töğriligini e'tirof etib, özining aybini












