Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yiğilişida Farğona viloyati hokimi, senator Şuhrat Ğaniyevning masalasi körib çiqildi.
Unda Şuhrat Ğaniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi tanqidiy körib çiqildi.
Yiğilişda komissiya vakillari Farğona viloyat hokimining majlislardan birida ayollarning römol öraşi bilan boğliq fikrlari uçun qattiq qoralaşgan va qat'iy çora körilişini söraşgan.
Şuhrat Ğaniyev ham ijtimoiy tarmoqlarda öziga bildirilayotgan tanqidlar töğriligini e'tirof etib, özining aybini tan olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bölayotgan muhokamalar töğri. Aybimni tan olaman. Özimni oqlaş uçun biror söz topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. Özim ham uyimda milliy libos kiyaman. Öşa majlisda quyuşqondan çiqib ketganman. Imkoniyat bersangiz, xulosa çiqarib, çin dildan mehnat qilaman. Har qanday jazoga loyiqman.
Xalqdan va Prezidentdan keçirim sörayman. Imkon berilsa, çin dildan mehnat qilişga tayyorman», deya viloyat hokimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yakunda Senat raisi Tanzila Norboyeva tomonidan Şuhrat Ğaniyev qattiq tanqid qilinib, unga qat'iy ogohlantiriş va uç oylik sinov berilgan.
Bundan avvalroq, Farğona viloyati hokimi soqol, römol va iş joylarida namozga qarşi çiqib, bunga böysunmaganlarni qamaş bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi. Farğona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olişni buyurgan, viloyatdagi iş joylarida namoz öqişga şaroit yaratiladigan holatlar aniqlansa, öşa korxona rahbariga jinoyat işi oçilişini aytgani, şuningdek, oldida kim bölişidan qat'i nazar römol örab olgan ayolga közi tuşsa, uning römolini öşa tuman hokimi oğziga tiqib qöyiş bilan tahdid qilgan.
Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati Şuhrat Ğaniyevning tarqalgan audiosi böyiça rasmiy bayonot berib, hokimning sözlari notöğri talqin qilingani, şu bilan birgalikda Şuhrat Ğaniyev ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan xulosa çiqarganini












