Bugun, 30 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida Reglament va odob komissiyasi yiğilişida Farğona viloyat hokimi, senator Şuhrat Ğaniyev masalasi körib çiqildi.
Yiğilişda Şuhrat Ğaniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi muhokama qilinib, senatorlar va komissiya a'zolari öz munosabatlarini bildirişdi.

«Mamlakatimiz demokratik asoslarda rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Lekin birgina Farğona viloyati hokimning öylamay aytgan gaplari bu harakatlarni yöqqa çiqarişi mumkin.
Römol yillar davomida xotin-qizlarning kiyim elementi bölib kelgan. Ayollarimiz uni özlariga xos qilib örab yurişadi, lekin uning uçun tazyiqqa uçratiş holatlari bölmagan. Birgina römol bahonasida bu kabi qattiq gap aytiş mutlaqo notöğri bölgan», - deya senator Maqsuda Vorisovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan taşqari, Reglament va odob komissiyasi yiğilişi raisi örinbosari, Samarqand viloyati xotin-qizlar qömitasi raisi Gavhar Alimova ham sözga çiqib, Şuhrat Ğaniyev masalasiga öxşaş holatlar yoşlarning rahbarlik lavozimlariga bölgan intilişlarini susaytirişini alohida aytib ötdi.

«Jamiyatga uning xotin-qizlarga bölgan munosabati bilan baho beriladi. Şuning uçun ham men rahbar ayol sifatida Şuhrat Ğaniyevning işini qoralayman», - deydi Gavhar Alimova.
Senator Tolibjon Madumarov ham öz mulohazalarini bildirib ötib, viloyat hokimi va senatorning vazifasi 2 tomonlama, ya'ni ham hudud manfaatini himoya qiliş, ham hududni rivojlantirişdan iborat ekanligini aytib ötdi. Bundan taşqari, Konstitutsiyaga köra, har bir insonning huquq va burçlari belgilab qöyilgani eslatib ötildi.

«Har bir rahbar gapirişdan oldin uning qanaqa ta'sir qilişini, xalqqa nimadir foydasi tegadimi-yöqmi öylaşi kerak. Tan oliş kerakki, Şuhrat Ğaniyev haqida bundan oldin ham ijtimoiy tarmoqlarda ança muhokamalar bölgan. Oldinroq Toşloq va Rişton tumanida sodir bölgan voqealar ham rahbar uçun xulosa çiqarişga arziydi.










