Özbekistonda yoşlarni oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasi yanada oşiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston öqituvçi va murabbiylariga bayram tabrigida aytib ötdi.

Qayd etilişiça, keyingi ikki yilda mamlakatda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy öquv yurti taşkil etildi. Yuzdan ortiq yangi bakalavriat ta'lim yönalişlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi.

“Ana şunday çora-tadbirlar natijasida yoşlarni oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasi uç yil burungi 9 foizdan 20 foizga oşdi. Biz yaqin kelajakda bu körsatkiçni 25 foizga yetkazişni öz oldimizga maqsad qilib qöyganmiz”, - deyiladi tabrik matnida.

Bundan oldin, sönggi uç yilda OTMdagi izlanuvçilarning 44,5 foizi doktoranturani himoyasiz yakunlagani xabar berilgandi.