Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Bolalar musiqa va san'at maktablari rahbar, öqituvçi va konsertmeysterlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining bolalar musiqa va san'at maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2019 yil 1 oktyabrdan:

direktor va direktor örinbosarlari uçun – 1,5 baravarga;

öqituvçilar va konsertmeysterlar uçun – 1,25 baravarga oşiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) bolalar musiqa va san'at maktablarida öquv-tarbiya jarayonini tubdan yaxşilaş maqsadida ilğor xorijiy tajribani örganiş asosida:

ta'lim sifatini baholaşning zamonaviy tizimini işlab çiqadi va tasdiqlaydi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanişni nazarda tutgan holda öquv reja va dasturlarni qayta körib çiqadi hamda tasdiqlaydi;

b) bolalar musiqa va san'at maktablari:

rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralaş amaliyotini joriy qiliş va ularni rağbatlantirişni kuçaytiriş;

rahbar xodimlarining masofadan turib malakasini oşiriş tizimini samarali taşkil etiş va qamrovini kengaytiriş;

öqituvçilari va konsertmeysterlariga nisbatan malaka talablari, ular faoliyatini baholaş tizimi hamda ta'limning mazmun va sifatiga qöyilgan davlat talablarini takomillaştiriş çoralarini köradi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş uçun talab etiladigan zarur mablağlarni 2019 yil uçun ajratadi hamda 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutadi.