Kruiz laynerining mingdan ko‘proq yo‘lovchisi tunni basketbol maydonchasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi
Monte-Karloda kruiz layneri yo‘lovchilari dovul sababli kemaga qayta olmay, tunni noqulay sharoitlarda sohilda o‘tkazishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Yomon ob-havo sababli aksariyatini britaniyalik sayyohlar tashkil etgan 1170 sayyoh Monte-Karloda 24 soatga qolib ketdi. Dam oluvchilar dastlab qayiqlarda sohilga yetkazilgan, biroq ular kemaga qaytishni istaganlarida dengizda dovul boshlanib, buning imkoni bo‘lmagan. Yo‘lovchilar basketbol maydonchasiga olib borilganlar va u yerda tunni noqulay sharoitlarda, hattoki kartonlar ustida o‘tkazishga majbur bo‘lganlar.
“Bu juda rasvo bo‘ldi. Bunday vaziyat ta'tilimizga futur yetkazdi. Biz tunni dunyodagi eng hashamatli va qimmat joyda o‘tkazishimiz kerak edi, biroq polda uxlashimizga to‘g‘ri keldi”, deb aytgan sayyohlardan biri.
Boshqa yo‘lovchilar ham bu holatni sharmandalik deb atashgan.
Kruiz kompaniyasi vakili sayohatni yomon ob-havo sharoiti sababli bo‘lishga to‘g‘ri kelganini aytgan.
“Bu, albatta, biz mehmonlarimiz uchun xohlagan narsa emas, ammo xavfsizlik birinchi o‘rinda”, deb aytgan kompaniya vakili.
Mavzuga oid
11:12 / 17.11.2024
2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:26 / 07.11.2024
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
16:19 / 31.08.2024