23 yoşli Nodira Qodirova 23 sentabr kuni Turkiya parlamenti deputati, iste'fodagi general Şirin Unalning Anqaradagi uyida generalning töpponçasi bilan özini otib qöygan edi. U bu uyda bir yildan buyon oqsoç bölib işlab kelgan. Nodiraning akasi uning dugonasi Laylo Niyozovaning gaplariga asosan politsiyaning dastlabki xulosasidan şubha bildirgan, suitsiddan oldin amaldor singlisini zörlagan bölişi mumkinligini aytgan.

Şirin Unal

«Jumhuriyat» gazetasining xabar berişiça, turk prokurori Laylo Niyozovadan körsatma oliş asnosida undan: «Dugonangizni fohişalikka undaganmidingiz?» deb söragan.

Laylo prokurorning bu gumonini rad etgan.

«Men göyoki Nodirani fohişalikka undaganim yoki unga buning uçun şaroit yaratib berganim haqidagi da'volar notöğri. Men Laleli tumanidan tekstil mahsulotlarini sotib olib, Özbekistonga yuboriş bilan tirikçilik qilaman. Zarurat bölsa, çeklarni körsatişim mumkin. Nodira heç qaçon men yaşayotgan uyda tunab qolmagan», degan u.

Niyozova öz körsatmasida marhum dugonasi bilan bir muddat arazlaşib, keyin yaraşib olganini inkor etmagan.

«Lekin örtamizdagi kelişmovçilikka göyoki men uni fohişalikka undaganim sabab bölgani yöq. Çunki bunday narsa umuman bölmagan», deb tuşuntirgan Laylo Niyozova.

Niyozovaning sözlariga köra, Nodira bilan bundan oldingi suhbatlarida dugonasi deputat unga yopişgani haqida gapirib bergan.

«23 sentyabrga ötar keçasi u menga telefon qilgandi. Biz ikki soat gaplaşdik. U tinmay yiğlardi. «Laylo, çarçab ketdim, hammasidan töydim», dedi. Nima bölganini söraganimda ayta olmasligini aytib yiğlardi. «Özimni öldiraman», deyayotgandi. Kimdir xafa qildimi, deb söradim. U esa siqilib ketganini aytdi.