Ayo Sofiyani yangidan ibodatga oçilişi doirasida bölib ötgan juma namozida qatnaşgan Unal masjidning taklif qilingan mehmonlargina kirişi mumkin bölgan içki qismida tuşgan fotosuratini ilova qilgan holda «Ayo Sofiya masjididamiz. Buni nasib aylagan Allohimizga şukrlar bölsin. RAIS (Erdöğan – tahr.) boşçiligidagi mehnati singan barçadan Alloh rozi bölsin. #Juma muborak bölsin», deya yozgandi u.

Uning bu tvitiga jurnalistlar, advokatlar, inson huquqi himoyaçilari va boşqa ijtimoiy media foydalanuvçilari «#NadirayaNeOldu» (Nodiraga nima böldi?) savoli bilan javoblar yozişdi.

Unalning juma kuni keçqurun yozgan uşbu tviti ostiga yozilgan izohlar soni 20 mingdan oşdi. 5 mingdan ortiq kişi esa mazkur yorliq bilan retvit qildi. Natijada «#NadirayaNeOldu» yorliği tvitterdagi trendlardan biriga aylandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri esa «Qotillarning duosi qabul bölmaydi», deya fikr qoldirdi.

«Hisob bermagunça söraşda davom etamiz! Nodira Qodirova Şirin Unalning uyida ölik holda topildi, barça şubhalarga qaramay, samarali tergov ötkaziş örniga gumonlanuvçini jinoiy javobgarlikka tortmaslik töğrisida qaror qilindi. Jim bölib qolayotganimiz yöq, adolatning etagini qöyib yubormaymiz!», dedi yana bir foydalanuvçi.

«Ayo Sofiya muhojir bir ayol-işçining deputatning uyida tağin aynan öşa deputatning qurolidan öq uzilişi natijasida ölim topganini ham pardalay oladimi?», deya savol qöyiladi yana bir tvitda.

«Masjidga borganing bilan qilgan işlaringni yaşira olmaysan. Olloh bilib turibdi», deydi boşqa bir foydalanuvçi.

«Ayo Sofiyada faqatgina mazaikalar emas, jinoyat va gunohlar ham pardalandi», deydi yana biri.

Nodira Qodirovaning ölimi haqida nimalar ma'lum?