2019 yilning 8 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining örinbosari Dilşod Axatov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Er Mehmet Surayyani joriy yil 23 sentabr kuni Anqara şahrida Özbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning ölimi bilan boğliq vaziyatga tuşuntiriş oliş uçun taklif qildi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, elçi Özbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va hozirgi paytda Turkiyaning tegişli idoralari har tomonlama va sinçkovlik bilan tergov ötkazayotganini, uşbu işga doir barça holatlar örganilayotganini qayd etdi.

Elçi tergov obektiv olib borilişi, Özbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borişi va natijalari töğrisida xabardor qilinişini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz bu mavzuni ham turk matbuoti, ham öz muxbirini Anqaraga yuboriş orqali yoritib keldi. Voqeadan bir oy ötib, Nodira Qodirovaning akasi bilan keçgan batafsil suhbat sayt e'lon qilib kelgan öndan ortiq xabarlarni bir-biriga boğlagani, miş-mişlarga oydinlik kiritgani va fojia haqida umumiy tasavvur hosil qilişga imkon bergani bilan ham ahamiyatli böldi.