Savollar hali javobsiz: Nodira Qodirovaning şubhali ölimiga bir yil böldi
|04:31 / 25.09.202056 49110 min
2019 yil 23 sentyabrda Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Şirin Unalning Anqaradagi uyida özbekistonlik Nodira Qodirova sirli ravişda ölim topganiga bir yil böldi. Ötgan vaqt davomida bu iş butunlay «tinçib» ketmadi, aksinça, u yoki bu sabab bilan muhokama mavzusiga aylanişda davom etdi va hali-hamon ba'zi savollar oçiqligiça qolmoqda.
Xöş, Nodira Qodirova işi bilan boğliq nimalar ma'lum? Voqealar rivoji qay tarzda davom etdi? Işga sönggi hukm-xulosa yasaldimi? Quyida şu haqda.
Sirli ölim
Özbekiston fuqarosi, 23 yoşda bölgan Nodira Qodirova Şirin Unalning Anqaradagi uyida 2019 yil 23 sentabr kuni keçqurun jonsiz holda topilgandi. U bu yerda qariyb bir yildan buyon işlab kelayotgandi.
Uşbu hodisa Anqara politsiya boşqarmasi tomonidan «qurol bilan öz joniga qasd qiliş» deb baholandi. Ammo guvohlarning bir-biriga mos kelmaydigan körsatmalari, Nodira Qodirovaning yaqinlari tomonidan bildirilgan munosabatlar işning «qoronği» tomonlari mavjudligiga işora qilardi.
Masalan, Qodirovaning yaqin dugonasi Laylo Niyozovaning marhuma bilan sönggi suhbati marhumaning voqeadan bir kun avval deputat Unalning jinsiy tazyiqiga uçragani bilan boğliq ayblovlarni örtaga çiqardi.
Nodiraning akasi Muhammadali Qodirov esa BBC va boşqa matbuot vakillariga bergan intervyusida singlisining öldirilganini aytgandi.
Öz navbatida, deputat Unal sodir bölgan voqea yuzasidan Turkiya Buyuk Millat Majlisida qilgan oçiqlamasida marhumaning psixologik muammolari bölganini aytgandi. Unal öşanda öz nutqida barmoq izlarini topşirganini aytib, zimmasidagi barça vazifalarni bajarişini bildirgan, ammo jinsiy zöravonlik haqidagi ayblovlar yuzasidan heç narsa demagandi.
Voqea qanday sodir bölgan?
Anqara politsiya boşqarmasi bayonotiga köra, voqea röy bergan paytda Unal va uning rafiqasi, qizi va boşqa yordamçilari uyda bölgan.
Anqara Boş prokuraturasi bayonotida esa Qodirova turgan xonaning eşigi qulflangan holda bölgani uçun xavfsizlik va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan eşik buzib kirilgani va u kasalxonaga jönatilgani aytiladi.
Nodiraning akasi Muhammadali voqeadan beş daqiqa oldin Şirin Unal bilan gaplaşgani va voqea sodir bölgan joyga yetib borgani, politsiya tomonidan içkariga qöyilmagaç, Bilkent şahar kasalxonasida singlisining ölimidan xabar topganini aytgan.
Mavzuga oid
Tekşiruv natijalari qanday xulosa beradi?
Anqara Boş prokuraturasi tergov jarayoni haqida 2019 yil 2 oktyabrda bayonot bergan. Barmoq izlari va tekşiruvlari uçun zarur bölgan namunalar voqea sodir bölgan joyda yaşagan barçadan, şu jumladan, deputat Şirin Unaldan ham olingani ma'lum qilindi.
Bayonotda otopsi (ölim sababini aniqlaş maqsadida jasadni tekşiriş) natijasida olingan ilk tekşiruvda «marhum kökrak qafasi hududidan 5-6 sm balandlikdan öq otilişi natijasida jon bergani aniqlandi», deyilgan.
Şuningdek, «otopsi paytida sud tibbiyoti institutidan tirnoq, anal, qon va barça bionamunalarni olib, kerakli tekşiruvlar ötkaziş uçun ruxsat söralgani» ma'lum qilingan. Qodirovaga tegişli deb bilingan «mobil telefon, qayd daftari va öz joniga qasd qiliş bilan boğliq yozuvlar» tekşiriş uçun olingani aytilgan.
Anqara boş prokuraturasi mart oyida Qodirova «öz joniga qasd qildi», degan xulosaga kelgan va jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos yöqligi haqida qaror çiqargan. Mazkur qarorda «Otopsi ma'lumotnomasi mazmunidan ham anglaşiladiki, Nodira Qodirovaga qarşi jinsiy zöravonlik ötkazilmagan», deb yozilgan. Iş yuzasidan prokuratura gumonlanuvçini jinoiy javobgarlikka tortmaslik töğrisida qaror qilgan.
Iş bilan boğliq qanday şubhali holatlar mavjud? Töpponçada nega barmoq izlari yöq?
Hodisa bilan boğliq şubhali holatlardan biri Şirin Unal nomi bilan röyxatga olingan va Qodirovaning ölimiga sabab bölgan «Beretta» markali yarim avtomat töpponçada heç qanday barmoq izi topilmagani edi.
Anqara xavfsizlik direksiyasining jinoyat joyini tekşiriş bölimi tomonidan prokuraturaga yuborilgan va prokuraturaning «jinoiy javobgarlikka tortmaslik töğrisidagi qarori»ga kiritilgan hisobotda «voqeada foydalanilgan «Baretta» markali qurolda heç qanday barmoq izlari topilmagani» qayd etilgan.
Advokat Döğan töpponçada barmoq izlari yöqligi xususida gumonlarini bildirgan. «Ikki ehtimol bor: birinçisi, qölqop kiyib öq uzilgan bölişi mumkin, bunday holda barmoq izi çiqmaydi. Ölgan odamda qölqop yöq, uning xonasida ham yöq. Ikkinçisi, öq uzilgandan söng bu izlar yöqotilgan bölişi mumkin», degandi u.
Unalning advokati Karaman esa bu masalada uning mijozi «barmoq izlari va almaştiriş namunasini berişga majbur bölmagani holda ularni bergani»ni aytgandi.
Ölim ma'lum qilingan vaqtdan oldin sodir bölganmi?
Yana bir şubhali holat ölim vaqti bilan boğliq. Qodirovaning ölimidan 5 soat söng ötkazilgan ekspertizada ölim soati 3-3,5 soat oldin sodir bölgan bölişi mumkinligi aytilgan. Bu esa Qodirovaning ölim vaqti u ma'lum qilingan vaqtdan oldin sodir bölgani haqidagi ehtimollar yuzaga çiqişiga sabab böladi.
Ölim holati 2019 yil 23 sentabr kuni soat 20:56da röy bergani, öq esa Italiyada işlab çiqarilgan «Baretta» rusumli 92S modelidagi yarim avtomatik töpponçadan uzilgani ma'lum qilingan. Bu haqda Anqara politsiya boşqarmasi Jinoyat yerini tekşiriş boşqarmasining barmoq izlarini tekşiriş bölimining 2019 yil 29 sentyabrdagi hisobotida aytilgan.
Hisobotda «Baretta» rusumidagi qurolda barmoq izini aniqlab bölmagani» ma'lum qilinadi. Anqara politsiya jinoiy laboratoriyasining biologik ekspertiza bölimi direktorligining 2019 yil 1 oktyabrdagi hisobotida esa Nodira Qodirova va Şirin Unalning qöllarida öq kukunlari mavjud emasligi aytilgan edi.
Qodirovaning egnidagi ustki kiyimning çap oldingi kökrak qafasi sohasidagi teşik atrofida öq kukunlari topilgani haqidagi hisobotda kukunlarning tarqaliş ziçligiga köra, öq ma'lum bir masofadan uzilgan, degan xulosaga kelingan. Şuningdek, töpponça tirgagidan va voqea joyidagi iş stoli yonida polda yotgan kalit sirtidan olingan qoldiq namunalari gilam yuzasidan olingan qon namunalari bilan mosligi va ular ayol genotipiga mansubligi aniqlangan.
Prokuratura manbalari qurolda barmoq izlari yöqligini öşa paytda qizning qöli terlagani bilan, öq kukunlari aniqlanmaganini esa töpponça öqlangan holda qolgani bilan izohladi.
Anestetik dorivor moddalar manbasi ma'lum emas
Prokuratura qarorida keltirilişiça, Anqara sud tibbiyoti kimyosi ixtisosligi bölimining 2019 yil 1 sentyabrdagi hisobotida Qodirovaning qonidan olingan namunalar tekşirilgan va uning qonida 1213ng/ml prilokain, 2ng/ml lidokain va 80ng/ml ketamin miqdori topilgan. Ammo jinoiy javobgarlikka tortmaslik töğrisidagi qarorda lokal va umumiy behuşlik uçun işlatiladigan uşbu dorilarning manbasi haqida heç qanday ma'lumot berilmagan. Uşbu anestetik dorivor moddalar Nodira Qodirovaga birinçi yordam körsatiş jarayonida işlatilganmi yoki yöqmi, bu haqda ham tafsilotlar mavjud emas.
«Yopiğliq qozon yopiqligiça qoladimi?»
Nodira Qodirovaning turk deputati uyida öz joniga qasd qilişi holati Turkiya parlamenti kun tartibiga ham kiritilgan, masala yuzasidan deputat Sera Kadigil Adliya vaziriga deputatlik sörovi yuborgandi.
Prokuraturaning gumonlanuvçini sudga tortmaslik töğrisidagi qarori 24 iyul kuni Unalning Ayo Sofiyadagi namozdan söng qoldirgan tviti tufayli yana kun tartibiga çiqdi. Uning tvitiga jurnalistlar, advokatlar, inson huquqi himoyaçilari va boşqa ijtimoiy media foydalanuvçilari «#NadirayaNeOldu» (Nodiraga nima böldi?) savoli bilan javoblar yozişdi.
Qodirovaning onasi ham qizining ölimidan söng öğlining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylaştirilgan video orqali köz yoşlar bilan Şirin Unalga murojaat qiladi. «Qotil Şirin Unal, sening bu dunyoda yaşaşga haqqing yöq. Allohim sening jazoyingni bersin. Sen mening qizimni öldirding. Fariştaday, malak qizimni sen öldirding», deydi ona oğriq va iztirob bilan.
Nodiraning onasi tomonidan qilingan uşbu videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan söng Unal özining tvitterdagi akkauntini qulflab qöyadi.
Jinoiy javobgarlikka tortmaslik töğrisidagi qarorga nisbatan «jinsiy zöravonlik» va «qotillik» apellyatsiya da'vosi kiritilgan bölib, arizada «jinsiy zöravonlik jinoyati mavjud» ekani aytilgan bölib, unda «Uşbu jinoyatni sodir etgan şaxs Şirin Unaldir» degan fikr bayon etilgan.
May oyida Nodira Qodirova işini sudga tortmaslik töğrisidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya rad etildi.
Şundan keyin advokat Döğan mazkur iş bilan boğliq hujjatni Konstitutsiyaviy sudga topşirgan. Uning aytişiça, hujjat hali ham Konstitutsiyaviy sudning dastlabki tergov bosqiçida va u hamon qaytadan körib çiqiş bosqiçiga ötkazilmagan.
Savollar esa oçiq qolmoqda: Nodira özini öldirganmi, öldirilganmi va yoki öz joniga qasd qiliş holatiga olib borilganmi? Prokuratura işni «öz joniga qasd qiliş» deb yopgan, ammo bunga işonmaydiganlar hali ham köp.