Xorijdagi millionlab vatandoş – bir-biriga ham öxşaş, ham farqli millionlab taqdirlar demakdir. Nodira Qodirova voqeasini ham mehnat migrantlarining alohida qatlami şakllanib ulgurgan özbek jamiyatidagi muammolardan ayro holda tahlil etib bölmaydi.
Deputatning uyida haqiqatan suitsid bölganmi yoxud qotillik, degan savol qançalik aktual bölsa, migrantlar bilan boğliq navbatdagi fojia – 23 yoşli qizning ölimidan biz qanday xulosa qilyapmiz, degan savol ham şunçalik muhim.
Nodiraning akasi Muhammadali Qarşiboyev bilan suhbatimiz bizni ana şunday xulosaga undadi.
«Biz u yoqlarga öynagani ketganimiz yöq edi. Işlaş uçun, uy olaylik deb, yöqçilik tufayli ketgandik. Öz vatanida, oilasi bağrida, döst-birodarlariga qöşilib yurişni, töy-ma'rakalarga qatnaşişni har kim ham xohlaydi...» – deydi sönggi 5 yil davomida Turkiyada mehnat muhojiri bölgan Qarşiboyev.
Suhbatimizning birinçi qismida Muhammadali bevosita voqea tafsilotlarini sözlab bergan edi. Intervyu jizzaxlik oilaning ötmişi va buguni, aka-singilning Turkiyaga borib işlaşi sabablari va Qarşiboyevning musofirçilikdagi hayoti kabi mavzularda davom etdi.
Suhbatning birinçi qismi: «Singlim aqli zaif ham, fohişa ham emasdi!»
Aka-singilni Turkiyada işlaşga nima majbur qildi?
– Oilada tört farzandmiz – uç qiz, bir öğil. Ikki opam turmuşga çiqqan. Kenjamiz, ona singlim Nodira rahmatli böldi. Otam vafot etganlar, joylari jannatdan bölsin. Jizzax viloyatida doimiy röyxatda turamiz, hozir Toşkentda ijarada istiqomat qilyapmiz.
Oilaviy şaroitimiz oğirligi tufayli oxirgi beş yil davomida Turkiyada işladim. Olayotgan maoşim rözğordan ortmasdi. Ikki opam turmuşga çiqqan, oilada ota-onam va singlim bor edi. Uç yil oldin vafot etgan otam mehnat qila olmasdilar – oğir kasallikka çalingandilar. Dori-darmonga köp pulimiz ketib qolardi. Hatto amakimlar, döst-u birodar, qarindoşlardan qarz havola qilib... Bu qarzlarni şu paytgaça ham uza olganimiz yöq. Alloh soğlik bersa, uzamiz, avvalo otamning soğligiga qaraylik, degan maqsadda ularning dori-darmoniga pul topiş uçun çet davlatga ketganman.












